Pushti qorsimon mevali buta (Symphoricarpos orbiculatus Moench)-Снежноягодник розовый
Pushti qorsimon mevali buta turi sershox buta о‘simlik, balandligi 2 m ga yetadi, shox-shabbasi yumaloq, shoxlari ingichka, egiluvchan, bir oz tukli, barglari oval shaklda, och yashil bо‘lib, bо‘yi 2-5 sm keladi, qisman qirqilgan, ya’ni bо‘lakli, orqa tomoni tukli. Gullari qо‘ng‘iroqsimon, bо‘yi 6 mm keladi, pushti rangda, ichki tomoni tukli. Mevasi rezavor meva, oq, yumaloq, tuksiz, diametri 1 sm gacha bо‘lib, ular zich shoda holda novdalarning uchida joylashadi va tupida qish bо‘yi saqlanadi. Bu tez о‘sadigan buta. Havo va tuproqning quruqligiga chidamli. Shahar sharoitida havoning ifloslanishiga bardosh beradi. Soyada ham о‘saveradi. Yer tanlamaydi, lekin ohakli yerda yaxshi о‘sadi. Tuproqning bir oz shо‘rtobligiga chidamli. Bu turning vatani Shimoliy Amerika husoblanadi tarqalgan. Keyingi yillarda Toshkent shahrini kо‘kalamzorlashtirishda keng qо‘llanilmoqda. Bu buta mevasi yetilgan vaqtda juda chiroyli kо‘rinadi. Uni yashil tо‘siq yaratish uchun ekish tavsiya etiladi. Mevasi butada uzoq vaqt tо‘kilmasdan saqlanadi.
Toshkent Botanika bog‘iga Symphoricarpos orbiculatus Moench turning urug‘lari Vengriya davlatidan A.A. Mavjudov tamonidan 11.10.1979-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko‘chatxonalarga ekilgan. Urug‘lardan ekilgan nihollar 16.04.1980-yilning mart oyida unub chiqqan va yosh nihollari 24.11.1983-yilda Shimoliy Amerika ekspozitsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda ekspozitsiyada ushbu turning 8 tup butalari o‘smoqda.