Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Yorqin qizil rangli pirakanta

To’q qizil pirakanta – (Pyracantha coccinea M. Roem.) Пираканта ярко-красная

To’q qizil pirakanta – (Pyracantha coccinea M.Roem.) Vatani Sharqiy Yevropa hisoblanadi, sovuqqa chidamli tur, manzarali oʼsimlik sifatida keng foydalaniladi. Pirakanta balandligi 2 metrgacha yetadigan doim yashil buta. Novdasida 1-1,5 sm uzunlikdagi tikanlari mavjud. Barglari lantsetsimon shaklda, 2-4 sm uzunlikda. May oyida gullaydi, toʼpgulining diametri 4 sm gacha, gulchasining diametri 0,8 sm. Bir uyli oʼsimlik. Аprel-may oyida pushti-qizil gullari gul toʼplam shaklida yetiladi va xushmanzara koʼrinishga egadir. Qizil pirokanta – gullari mayda, oq yoki och sargʼish toʼpgul hosil qiladi. Jonli devor barpo etishga mos. Mevachalari mayda 0,5-0,6 sm diametrga ega, yorqin qizil rangga ega. Mevalari novdasida bahorgacha saqlanish xususiyatiga ega. Sargʼish rangli urugʼlari meva ichida aylana holida joylashgan. Pirakanta urugʼlari mayda boʼlganligi uchun koʼp hollarda vegetativ koʼpaytiriladi. Mevalari qish davomida ham novdalarida toʼkilmay saqlanishi tufayli urugʼlarni kech kuzgacha tayyorlash va mevadan ajratilgach, darhol tuproqqa ekish tavsiya etiladi. Ekish chuqurligi 1-2 sm. Pirakanta novda qalamchalari bir yillik novdalaridan fevral oxiri-mart boshlarida 10-15 sm uzunlikda tayyorlanadi. Gullari yirik, oq, diametri 5 sm boʼlib, kalta novdalar uchida toʼda-toʼda joylashadi. Mevasi koʼp, sariq ѐki qizgʼish rangda, diametri 4 sm dan 7 sm gacha. Urugʼidan koʼpaytiriladi. Urugʼlari kuzda yangi terilgan xolda ekiladi, bahorgi ekish uchun ular kuzda stratifikatsiya qilinishi lozim. Bu buta soyaga, qurgʼoqchilikka va issiqqa chidamli. Unumdor, ayniqsa, ohakli yerlarda yaxshi oʼsadi. Undan chiroyli yashil toʼsiq yaratish mumkin. Shu maqsadda mamlakatning janubiy rayonlarida ekiladi. MDH ning janubiy rayonlarida - Kavkaz va oʼrta Osiyoda tarqalgan boʼlib, Yevropa qismida sovuqdan zararalanadi. Bargi poʼstlogʼi va xom mevalari tarkibida oshlovchi moddalar bor. Mevasi yirik boʼlib, isteʼmol qilinadi, tarkibida tishni qamashtiruvchi moddalar boʼlib, ular ichak-oshqozon kasallaiklariga foydali taʼsir etadi, ayniqsa oshqozonning yalligʼlanishiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi.

Toshkent Botanika bog'iga Pyracantha coccinea M. Roem. turning urug’lari Keiv davlatidan A.A Mavjudov tamonidan 1978-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko’chatxonalarga ekilgan. Urug’lardan ekilgan nihollar 1979-yilning aprel oyida unub chiqgan va yosh nihollari 1983-yilda Yevropa-Qrim-Kavkaz ekpozitsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda ekpozitsiyada ushbu turning 3 –ta butalari o'smoqda.


×