Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Tukli pavloniya

Tolali pavlovniya (Paulownia tomentosa Thunb.) Павло́вния войлочная

 Tolali pavlovniya (Paulownia tomentosa Thunb.) Pavlovniyadoshlar oilasiga mansub, balandligi 20-25 m ga etadigan daraxt. Vatani Xitoy va Yaponiya, shox-shabbasi keng, barglari oddiy korobkasimon shaklda bo‘lib, qishda to‘kiladi. Gullari ko‘kish qizg‘ish yoki pushti rangda, juda hushbo‘y. Barg yozgunga qadar gullaydi. Qrim, Kavkazning Qora dengiz sohillarida, Markaziy Osiyoda ko‘kalamzorlashtirishda o‘stiriladi. Sovuqqa chidamliligi. Manzarali daraxt sifatida yetishtiriladi. Tanasi toʼgʼri, toji yoyilib oʼsadi, gullari yirik, rangi binafsha-nastarin, baʼzan deyarli oq, toʼp gullari supurgisimondir. Oʼzbekistonning barcha xududlarida asosan manzarali daraxt sifatida oʼsadi.

Toshkent Botanika bog'iga Paulownia tomentosa Thunb. turning urug’lari 2015-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko’chatxonalarga ekilgan. Urug’lardan ekilgan nihollar 2015-yilning aprel oyida unub chiqgan va yosh nihollari 2016-yil bahor oyida Sharqiy Osiyo ekspozitsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda ekspozitsiyada ushbu turning 2-ta katta yoshli daraxtlari o'smoqda.


×