Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

O'tkir bargli padub

O‘tkir bargli padub (Ilex aquifolium L.) Падуб остролистный

O‘tkir bargli padub Garbiy va Janubiy Yevropa, Shimoliy - Garbiy Afrika va Janubiy - Garbiy Osiyo hududlarida tabiiy tarqalgan. Balandligi 15-20 metrgacha eni 30 smdan 80 smgacha yetadi. Doyimiy yashil sekin osuvchi va chiroyli gullovchi daraxt. Postlogi kulrangdan yashil rangacha, mavsumga qarab ozgaruvchan hamda tanasi silliq. Barglari novdada navbatma-navbat joylashgan. Barglari tuximsimon yoki elliptiksimon tikonli, barg ustki tomoni silliq toq yashil yaltiroq. Bargining pastki qismi och yashil rangda uzunligi 5-12 sm, kengligi 2-6 sm, qirrali ozroq egilgan. Gullari bir uyli ikki jinsli, asosan shamol va xashoratlar yordamida changanadi. Gullari mayda kozga korinmas oq rangda. Mevalari diametri 6-10 mm bolgan qizil, sariq yoki toq sariq sharsimon shaklga ega. Mevalarida 3 tadan 5 tagacha uruglari mavjud. O‘tkir bargli padub may-iyun oylarida gullaydi, mevalari sentabr oyida pishib yetiladi ammo fevral oyigacha mevalari shoxlarida saqlanib turadi. Juda sekin osadi, yiliga 10-12 sm va 100 yilgacha yashashi mumkin. Osimlikning kimyoviy tarkibi oziga xos bolib, barglari va mevalarida teobromin alkaloidi, shuningdek rang beruvchi modda rutin mavjud.

Toshkent Botanika bog‘iga Ilex aquifolium L. turning urug‘lari 2002-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko‘chatxonalarga ekilgan. Urug‘lardan ekilgan nihollar 2002-yilning bahor oyida unub chiqqan va yosh nihollari 5.12.2002-yilda Yevropa-Qrim-Kavkaz ekspozitsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda ekspozitsiyada ushbu turning 3-ta butasi o‘smoqda.


×