Oq gulli magnoliya (Magnolia denudata Desr.) Магнолия голая
Oq gulli magnoliya gullashning go’zalligi bo’yicha u boshqa turdagi magnoliyalar orasida birinchi o’rinlardan birini egallaydi. Tabiatda turning tarqalishi Xitoyning janubiy va markaziy hududlarini qamrab oladi. Uzoq vaqt davomida Xitoy va Yaponiya bog’larida yetishtirilgan. Kavkazning Qora dengiz sohillarida, Qrimning janubiy hududlarida, Gruziya (Tbilisi), Rossiya (Tambov viloyati), O’zbekiston va Ukrainada yetishtiriladi. Nam tog’li o’rmonlarda o’sadi.
Balandligi 15 m gacha bo’lgan yirik bargli daraxt, ba’zan buta shaklida ham o’sadi, shoxlari pastga osilgan chodir shaklida shoxlagan, tanasi och kulrang silliq po’stloq bilan qoplangan. Gul kurtaklari qattiq tukli, ipaksimon, cho’zilgan tuxumsimon, uzunligi taxminan 3-4 sm, diametri 1-1,5 sm. Gullash barglar paydo bo’lishidan oldin sodir bo’ladi. Fevral-mart oylarida gullaydi, Ushbu daraxt turi turli minaqalarda turli vaqtda gullaydi, Kavkazning Qora dengiz sohillarida, Qrim va Ukrainada mart-aprelda. Sentyabr oyida mevalari pishib yetiladi.
Toshkent Botanika bog‘iga Magnolia denudata Desr. turning urug‘lari Xandjod shaxridan, akademik F.N. Rusanov tamonidan 1959-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko‘chatxonalarga ekilgan. Urug‘lardan ekilgan nihollar 1959-yilning aprel oyida unub chiqgan va yosh nihollari 1965-yilda Sharqiy Osiyo ekspozetsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda ekspozitsiyada ushbu turning 1 -ta katta yoshli daraxtlar o‘smoqda.