Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Oddiy qoraqarag'ay

Oddiy qoraqarag‘ay - (Picea abies (L.) H.Karst.,1881) - Ель обыкновенная

Get  Oddiy qoraqarag‘ay yirik daraxt bo‘lib, balandligi 40-45 m ga, diametri 1,5 m ga yetadi. Tanasining quyi qismigacha doira shaklida shoxlanib, keng piramidasimoti va qalin shox-shabba hosil qiladi. Qoraqarag‘ay bir jinsli, ikki uyli daraxt. May-iyun oyida gullaydi, «guli» shamol yordamida changlanadi. Yetilgan paytda qubbalardagi tangachalar dag‘al bo‘lib, yog‘ochlashadi, bukilib, keng, cheti tishchali, teskari tuxumsimon shaklga kiradi. Bahorda urug‘ining tangachalari qurib, ajraladi, ochilib qoladi va urug‘lari erga to‘kiladi. Bu qoraqarag‘ay urug‘idan yaxshi ko‘payadi, ba’zan parxish yo‘li bilan ham ko‘payadi. U yosh vaqtida sovuqqa chidamsiz bo‘lib, kattalashgan sari chidamliligi orta boradi. Uning areali asosan, 56-66° shimoliy kenglikni egallagan. Arealining shimoliy chegarasi Murmanskning janubi bo‘lib, u Oq dengizgacha va Yevropaning shimoli-sharqiy qismigacha kirib boradi. Bu turning tarqalishini janubiy chegarasi esa qora tuproqli zonaning shimoliy chegaralariga to‘g‘ri keladi. Qoraqarag‘ay issiqqa va qurg‘oqchilikka chidamsiz daraxt hisoblanadi. U har turli tuproqli yerlarda o‘sa oladi. Qumli, qumoq va bo‘z tuproqli hamda qora tuproqli yerlarda juda yaxshi o‘sadi. Botqoq va zax tuproqlarda o‘smaydi. Qora va oqqarag‘ay, eman, qora qandagvoch, shumtol turlari daraxtlari bilan birga daryo qirg‘oqlarida aralash o‘rmonlar hosil qilib birgalikda o‘sadi. Undan qurilish ishlarida, sellyuloza-qog‘oz sanoatida, taxta ishlab chiqarishda, mebel tayyorlashda, cholg‘u asboblari ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. Kimyo sanoatida undan sun’iy ipak tolalari olinadi va plastmassa tayyorlanadi, Po‘stlog‘idan oshlovchi moddalar, barglaridan efir moyi olinadi. Ulardan esa skipidar va kanifol ishlab chiqarishda foydalaniladi. Ninabargida С vitamini bor, undan vitamin uni tayyorlanadi. Qoraqarag‘ay ihota o‘rmonlari sifatida temir yo‘llar bo‘ylab ekiladi. Havoning ifloslanishiga chidamsiz bo‘lganidan shaharlarda ekish tavsiya qilinmaydi.


×