Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Oddiy qarag'ay

Oddiy qarag‘ay (Pinus sylvestris L.) Сосна обыкновенная

Oddiy qarag‘ay balandligi 30-40 m, diametri 1 m bo‘lgan yirik daraxt. Qulay sharoitlarda 600 yilgacha yashaydi. Yozda o‘sa boshlagan barglari qo‘ltig‘ida erkak va urg‘ochi qubbalar rivojlanib, kelgusi yilning mart-aprel oylarida changlanadi, changlangandan keyin kuzda qubba yetiladi. Qubbaning urug‘lari kuz-qish mavsumida to‘kilib shamolda tarqaladi. Oddiy qarag‘ay faqat urug‘dan ko‘payadi. Quruq, sernam yoki botqoq tuproqlarda, qora tuproqli zonada yaxshi o‘smaydi. U tog‘li mintaqalarda yaxshi o‘sadi. Sayan tog‘larida dengiz sathidan 1500 m balandliklardagi joylarda ko‘p tarqalgan. U Kavkaz va Qrim tog‘laridagi o‘rmonlarda ham yaxshi o‘sadi. Qarag‘ayzorlarda yana qoraqarag‘ay, tilog‘och, kedr va yaproqbargli daraxtlardan eman uchraydi. Oddiy qarag‘ay sovuqqa va issiqqa chidamli daraxt, lekin havoning quruqligidan zararlanadi. Shox-shabbasining siyrakligi uning yorug‘sevar o‘simlik ekanligidan darak beradi. Oddiy qarag‘ay o‘rmon zonasida ko‘p tarqalgan bo‘lib, MDH ning o‘zidayoq 150 mln gektar maydonni ishg‘ol qiladi.

Uning yog‘ochi kemasozlikda, vagonsozlikda va mebel ishlab chiqarishda hamda, bochka taxtasi va faner ishlab chiqarishda foydalaniladi. Qarag‘aydan kanifol va skipidar olinadi. Uning po‘stlog‘ida oshlovchi va gumin moddalar bor. Ninabargida S vitamini bor. Qarag‘ay havoni turli mikroblardan tozalaydigan fitonsid moddalar ajratadi. Oddiy qarag‘ay havoning ifloslanishidan qattiq zararlanadi, shuning uchun aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirishda foydalanish tavsiya yetilmaydi. Bu turdan Respublikamiz sharoitlarida tog‘ qiyaliklarini o‘rmonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va o‘rmon meliorasiyasi ishlarida foydalanish mumkin.

Toshkent Botanika bog‘iga Pinus sylvestris L. turning urug‘lari Minsk davlatidan akademik F.N. Rusanov tamonidan 1954-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko‘chatxonalarga ekilgan. Urug‘lardan ekilgan nihollar 1955-yilning mart oyida unub chiqgan va yosh nihollari 1957-yilda igna bargli daraxtlar kolliksiyasiga ko’‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda kolliksiyasida ushbu turning 2-ta katta yoshli daraxtlar o‘smoqda.


×