Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Naycha gulli tekoma

Naycha gulli tekoma (Campsis radicans (L.) Seem. ex Bureau.)-Кампсис укореняющаяся

Tekoma chirmashib о‘sadigan liana bо‘lib, bо‘yi 10 m gacha yetadi. Yо‘g‘on poyalaridan yer yuziga ildiz chiqarib, ular yordamida g‘adir-budur joylarga, yoriq-teshiklarga yopishib о‘sadi. Barglari patsimon, 9—11 bargchaln bо‘ladi. Ular ellipssimon-tuxumsimon bо‘lib, bо‘yi 6 sm, uchi о‘tkir, cheti tishchali, bandi kalta. Chetki gullari novvoti, ichkn gullari esa qizil rangda, naychasimon, bо‘yi 9 sm, eni 5 sm. Kо‘sakchasi silindrsimon, chо‘ziq, bо‘yi 12 sm bо‘lib, qanotchali. Urug‘i ham qanotchali, yassi, qо‘ngir rangda, bо‘yi 15 mm. U Shimoliy Amerikada tarqalgan. О‘zbekistonga 100 yil ilgari keltirilgan. Tekoma ildizidan bachkilaydi va urug‘idap kо‘payadi. Qurg‘oqchilikka va issiqqa chidamli. Ko‘paytirishning afzal usuli qalamchasi orqali ko‘paytiriladi. Umuman olganda, kampsis juda sovuqqa chidamli osimlik bolib, u haroratning -20 darajagacha pasayishiga bardosh bera oladi. Biroq, bunday tokni togridan-togri orta bolakdagi ochiq tuproqqa ekish faqat may oyining o'rtalaridan boshlab tavsiya etiladi.

U oz vaqtida sugorilishi, tuproqning yuqori qatlamini yumshatishi, oz vaqtida begona otlardan tozalanishi va oziqlantirilishi kerak. Bundan tashqari, osimlikni zararli hasharotlar va kasalliklardan himoya qilish lozim.


×