Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

G'arb tuyyasi

G‘arb tuyasi (Thuja occidentalis L.) - Туя западная.

 G‘arb tuyasi (Thuja occidentalis L.) balandligi 10-12 m, diametri 1 m keladigan daraxt. Ayrim tuplarining balandligi 30 m gacha ham yetadi. Shox-shabbasi piramidal shaklda. G‘arb tuyasi bir uyli o‘simlik. Qubbalari kuzda yetiladi. Tuya urug‘idan yaxshi ko‘payadi. Qalamchalari yordamida, payvand qilib hamda parxish yo‘li bilan ham ko‘paytirish mumkin. Bu tur sekin o‘sadi, soyasevar daraxt bo‘lib, unumdor yerlarda yaxshi o‘sadi. Unumsiz yerlarda barglari sarg‘ayadi, o‘sishi sustlashadi. Qurg‘oqchilikka ham, sovuqqa ham chidamli. Yaponiyaning Xondo orolida dengiz sathidan 1000-1800 m balandlikdagi o‘rmon zonalarida tabiiy holda tarqalgan. Bu yerlarda yirik o‘rmonzorlar hosil qilgan. 100 yilgacha yashashi mumkin. Shuningdek, u Sibirda va Uzoq Sharqda ham uchraydi. Yevropaga tuyya XVI asrda keltirilgan. Yog‘ochi o‘zakli, smolasiz, yumshoq, yengil, yog‘ochidan kemasozlik va duradgorlikda, qayiq yasashda ishlatiladi. Po‘stlog‘i va bargida С vitamini ko‘p bo‘lib, u singa kasalligiga davodir. Shuning uchun uni «hayot daraxti» deb ham atashadi. G‘arb tuyyasi havoning ifloslanishiga chidamli, yashil to‘siq yaratishda qulay daraxt hisoblanadi. Tuyyani ko‘kalamzorlashtirishda yakka-yakka, to‘da-to‘da yoki qator qilib ekish tavsiya etiladi.

Toshkent Botanika bog'iga Thuja occidentalis L. turning urug’lari F.N. Rusanov tamonidan 1954-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko’chatxonalarga ekilgan. Urug’lardan ekilgan nihollar 1955-yilning mart oyida unub chiqgan va yosh nihollari 195-yilda ignabargli o’simliklar kolleksiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda kolleksiyada ushbu turning 16-ta katta yoshli daraxtlari o'smoqda.


×