G‘arb tuyasi sharsimon formasi (Thuja o.f. globosa Gord.) Туя западная о.ф. шаровидная
G‘arb tuyasi sharsimon formasi G‘arb tuyasining mitti shakli bo‘lib, balandligi 1,5 m va kengligi taxminan 1,5 m ga etadi. Shoxlanish shakli yumaloq, tez o‘sadi. 10 yoshda kengligi 1 m dan oshadi. Yoshi kattalashgan sari ko‘pincha ixcham sharsimon ko‘rinishini yo‘qotadi. Doimiy shakl berishni talab etadi. Kurtaklar tekis va yuqoriga ko‘tarilgan, novdada zich joylashgan, shoxlari bir-biriga yopishgan, yon tomonlarga teng ravishda o‘sib boradi. Igna barglari yaltiroq mavsumga qarab o‘zgaruvchan, bahorda och yashil, yozda yashil rangda va qishda kulrang-yashil yoki jigarrang tusga kiradi. Qishki sovuqlarga chidamli. U sekin o‘sadi. Urug‘lari ochiq jigarrang qubbalarda joylashgan. Quyoshli va yarim soyali joylarda ham yaxshi o‘sadi. Qumloq va biroz nam tuproqlarni afzal ko‘radi. Qurg‘oqchilikka chidamsiz, quruq tuproqlarda ko‘proq sug‘orish talab etiladi. Qish faslida shoxlarini bog‘lab qo‘yish tavsiya etiladi.
Tuproq tanamaydi barcha turdagi tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Ammo doimiy suv saqlanib turadigan sernam tuproqlarda yaxshi o‘smaydi. Asosan qalamchalari orqali ko‘paytiriladi. Ko‘kalamzorlashtirishda foydalanish uchu istiqboli hisoblanadi.