Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Forzitsiya

Yevropa forzitsiyasi (Forsythia europaea Deg. et Bald.) Форзиция европейская.

  Yevropa forzitsiyasi (Forsythia europaea Deg. et Bald.) turkumi Zaytundoshlar (Oleaceae L.) oilasiga kiritilgan bo’lib, turkumga 8 ta tur kiritilgan. Forzitsiya Yevropada tabiiy tarqalgan. MDH mamlakatlariga 5 turi introduktsiya qilingan. O’zbekistonda shahar va qishloqlarni ko’kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi. Bu tur butasining balandligi 2-3 m ga yetadigan barglarini to’kuvchi buta bo’lib, novdalari egiluvchan holda o’sadi. Barglari oddiy yoki uch parrakli, cho’zinchoq-oval shaklda 6-10 sm uzunlikda, chekkalari tishchali, to’q yashil. Erta bahorda mart oyida barg yozishdan oldin gullaydi, guli tillasimon-sariq, bahor sovuqlariga chidamli. Gullari butada uzoq saqlanadi. Qo’ng’iroqchasimon gullari 1-3 donadan, ba’zan 6 donadan bo’lib, gulbandida joylashgan. Forzitsiya shahar sharoitlariga chidamli, keng bordyurlarni va qiyaliklarni ko’kalamzorlashtirishda, gazonlarda soliter sifatida ekish tavsiya etiladi. Landshaft qurilishida keng foydalanish ta’vsiya etiladi.

Toshkent Botanika bog'iga Forsythia europaea Deg. Et Bald. turning urug’lari 2010-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko’chatxonalarga ekilgan. Urug’lardan ekilgan nihollar 2010-yilning bahor oyida unub chiqgan va yosh nihollari 2013-yilda Yevropa-Qrim-Kavkaz ekspozitsyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda ekspozitsyada ushbu turning 3 dona butalar o'smoqda.


×