Kavkaz xurmosi (Diospyros lotus L.) Хурма кавказская
Kavkaz xurmosi, (lat. Diospyros lotus L.) - Yevrosiyoning subtropik mintaqalarida o'sadigan xurmo turi Ebenaceae (Ebenaceae) oilasiga mansub o'simlik. Ushbu turning tarqalishi Yaponiya, Xitoy va Shimoliy Hindiston orqali O'rta dengiz g'arbigacha, Ispaniyaga qadar davom etadi. Kavkazda odatda dengiz sathidan 600 m gacha, O'rta Osiyoda esa balandroq—2000 m gacha balandlikda o’sadi. Daraxt balandligi 15-30 metrgacha yetadi Barglari yaltiroq, oval shaklida, uchi uchli, uzunligi 5-15 sm va kengligi 3-6 sm. Gullar mayda yashil rangga ega, iyun-iyul oylarida gullaydi. Mevasi suvli dumaloq shaklida, pishganida sariq bo’ladi, diametri 1-2 sm. Mevasi 10 tagacha urug'ni o'z ichiga oladi. Kavkaz xurmosi qutuligan mevalarining tarkibida ko'plab shakar, organik kislota va vitaminlarni o'z ichiga oladi. Ular oziq-ovqat uchun ko'pincha quritilgan holda ishlatiladi. Kavkaz xurmosi o’zining vatanida “Qizil kitob”ga kiritilgan tur hisoblanadi,
Toshkent Botanika bog'iga Diospyros lotus L. turning urug’lari akademik F.N. Rusanov tamonidan 1953-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko’chatxonalarga ekilgan. Urug’lardan ekilgan nihollar 1953-yilning bahor oyida unub chiqgan va yosh nihollari 1954-yilda Yevropa-Qrim-Kavkaz ekspozitsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda ekspozitsiyada ushbu turning 8-ta katta yoshdagi daraxtlar o'smoqda.