To’q qizil dyorn (Cornus sanguine L.) Дёрен кроваво-красный
To’q qizil dyorn (lat. Cornus sanguinea L.) – soya bruvchi buta. Evropa davlatlari, Kavkaz, Osiyoda keng tarqalgan. Tabiatda dyorn 4 m ga etadi, mo’tadil iqlim sharoitida o'sadi, ko'pincha o'rmon chetida va suv havzalari bo'yida uchraydi. dyornning barglari, yosh kurtaklari yashil rangda. Vaqt o'tishi bilan ular qizg'ish yoki jigarranga o'zgaradi. Bargi tuxumsimon, katta, diametri 5 sm ga etadi. Sentyabr oyining birinchi yarmida barg plastinkasi to’q qizil yoki g'isht rangga aylanadi. Bahor oxirida qizil dyornada bir oy davomida shoxlarga yopishib turadigan mayda oq gullar paydo bo'ladi. To'g'ri parvarish bilan va iliq iqlimi bo'lgan mintaqalarda o'simlik yoz oxirida qayta gullashi mumkin. Kuzda kichik, yeyilmaydigan qora mevalarni hosil qiladi. Buta tez o'sadi, bir yil ichida balandligi va kengligi yarim metrgacha o'sadi. Bir joyda o'simlik 25 yilgacha o'sadi. Balandligi 2-4 m bo'ladi. Vegetativ usul orqali qalamchalaridan ko'payadi. Soyaga chidamli. Shaharlarni ko'kalamzorlashtirishda guruh-guruh holida yoki yakka holida, jonli devorlar va bordyurlar hosil qilishda ekish ta’vsiya etiladi. Landshaft dizaynerda foydalanishda istiqbolli o'simlik hisoblanadi.
Toshkent Botanika bog'iga Cornus sanguinea L. turning urug’lari Amsterdam davlatidan A.A.Mavjudov tamonidan 1976-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko’chatxonalarga ekilgan. Urug’lardan ekilgan nihollar 1977-yilning mart oyida unub chiqgan va yosh nihollari 1979-yilda Yevropa-Qrim-Kavkaz ekspozitsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda ekspozitsiyada ushbu turning 16-ta butalar o'smoqda.