Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Yukka

Go’zal yukka (Yucca gloriosa L.) - turkumi Аgavadoshlar oilasiga mansub boʼlib, turkumda 30 dan ortiq tur kiritilgan. Yukka turlari doimyashil manzarali oʼsimliklar boʼlib, Shimoliy va Markaziy Аmerika oʼrmonlarida keng tarqalgan. Uning asosiy poyasi boʼlmaydi, asosidan oʼsib chiqqan qilichsimon barglari boʼlib, gullash davrida ular oʼrtasidan tik generativ novda rivojlanadi va may oyida gullaydi. Markaziy Osiyoga introduktsiya qilinganiga 120 yildan oshgan. Baʼzi yukka turlarida urugʼlari shakllanmaydi, buning asosiy sababi ularni vatanida gullarini changlaydigan kapalak turini mavjudligidir. Oʼzbekistonda yukkaning yagona changlanadigan turi–aloesimon yukka, koʼp urugʼ beradi. Koʼkalamzorlashtirish uchun keng qoʼllaniladigan turi – ipsimon yukka hisoblanadi. Ipsimon yukka (Yucca filamentosa) balandligi 1-metrgacha boʼlgan koʼp poyali doimyashil oʼsimlik, gullari qoʼngʼiroqsimon koʼrinishda oq- sariq. Mayda gullaydi, oktyabrda qayta gullashi kuzatiladi. Mevasi dumaloq koʼsakcha, 5 sm diametrga ega. Bu turdan urugʼ olish uchun uni sunʼiy changlantirish lozim. Sovuqqa chidamli. Аsosan urugʼidan, tupini boʼlish yo’l bilan, ildiz bachkilari yordamida va ildiz qalamchalari yordamida koʼpaytiriladi. Yukka oʼsimligi juda manzarali, shu sababli guruh xolatida, yoki gulzorlarni markaziga ekiladi. Yukka turkumiga yana egiluvchan bargli yukka, sharafli yukka, Trekulya yukkasi kabi turlari koʼkalamzorlashtirishda keng qoʼllaniladi.

Toshkent Botanika bog'iga Yucca gloriosa L. turning urug’lari F.N. Rusanov tamonidan 1957-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko’chatxonalarga ekilgan. Urug’lardan ekilgan nihollar 1957-yilning mart oyida unub chiqgan va yosh nihollari 1958-yilda Shimoliy Amerika ekispozitsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda ekispozitsiyada ushbu turdan 3-dona o'smoqda.

 


×