O‘rta Dengiz sohillarida, Zakavkaze va O‘rta Osiyoda (21 ga yaqin turi bor) tarqalgan. Yovvoyi turi chul, adir va tog‘ zonalarda uchraydi.
Bir yillik o‘t o‘simlik, efir moyli va manzarali o‘simlik. Bargi panjasimon, ba’zida patsimon ajralgan, mayda kertikli, chiroyli. Turiga qarab guli och qizil, qavorang, nim jigarrang, to‘q qizil rangda. Yorongulning er ustki qismida oshlovchi moddalari mavjud turlari ham bor. Uning yashil bargidan va gulidan xushbo‘y efir moyi olinadi. Ayrim turlari xalq tabobatida dori sifatida ishlatiladi. Istirohat bog‘larida, xonadonlarda gul sifatida o‘stiriladi.
Tumovning eng oddiy chorasi sifatida, Ichaklar faoliyatida muammolar kuzatilganda, Bo‘g‘imlarda og‘riq kuzatilsa yoki osteoxondrozda Yorongul va barglarini qaynatib foydalaniladi.
Erni kuzda shudgorlash, erta baxorda boronalash hamda ekish oldidan kultivasiya qilishbilan bir vaqtda yana boronalash zarur.
Tuproqni o‘g‘itlanadi, fosfor va kaliy solinadi. Urug‘ ekish bilan bir vaqtda qatorlarga fosfor solish yaxshi samara beradi.