Yovvoyi holda O‘rta Yer dengizi qirg‘og‘ida o‘sadi. Moldova va Ukraina (Xmelniskiy viloyati) respublikalarida, Voronej viloyatida, Krasnodar o‘lkasida va Shimoliy Kavkazda o‘stiriladi.
Oddiy fenxel (dorixona ukropi) - Foeniculum Vulgare Mill. (Foeniculum Officinalis All.) selderdoshlar - Apiaceae (soyabonguldoshlar - Umbelliferae) oilasiga kiradi. Ko‘p yillik (plantatsiyalarda ikki yillik qilib o‘stiriladi), bo‘yi 90-200 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, ko‘p qirrali va sershoxli. Bargi uch-to‘rt marta patsimon ajralgan va qini bilan poyada ketma-ket joylashgan. Barg bo‘laklari ingichka chiziqsimon ѐki ipsimon. Gullari mayda, sariq bo‘lib, murakkab soyabonga to‘plangan. Soyabonda o‘rama va o‘ramacha barglar bo‘lmaydi. Kosacha bargi juda mayda, tojbargi 5 taotaligi 5 ta, onalik tuguni ikki xonali, pastga joylashgan. Mevasi - qo‘shaloq pista. Iyul - avgust oylarida gullaydi, mevasi sentyabrda pishadi.
Meva tarkibida 3-6,5% efir moyi, 20% gacha ѐg‘ va oqsil moddalar bo‘ladi. XI DF ga ko‘ra, meva tarkibida efir moyi 3% dan kam bo‘lmasligi kerak. Efir moyi pishgan va maydalangan mevadan suv bug‘i ѐrdamida haydab olinadi. U rangsiz, ѐki och sarg‘ish, uchuvchan, arpabodiѐn moyi hidini eslatuvchi hidga ega, oldin achchiqroq-ѐqimli, so‘ngra shirinroq maza beruvchi tiniq suyuqlik. Zichligi 0,960-0,979, refraksiya soni 1,527-1,538, +10°C dan past haroratda efir moyining krisll qismi (stearopteni) - anetol ajraladi. Efir moyi tarkibida 50-60% anetal, 10-20% fenxon ketoni, 10% gacha metilxavikol, oz miqdorda anis aldegid va anis kislota, pinen, fellandren, kamfen va boshqa birikmalari bo‘ladi. Dorixona ukropi ildizi tarkibida 5 ta kumarin birikmalari borligi hamda ulardan 2 tasi bergapten va umbelliferon ekanligi aniqlangan.
Ishlatilishi. Dorixona ukropining mevasi va preparatlari yuqori nafas yo‘llari yallig‘langanda balg‘am ko‘chiruvchi, ich yumshatuvchi hamda yel haydovchi dori sifatida me’da-ichak kasalliklari va meteorizm (ichaklarda gaz to‘planishi, qorin dam bo‘lishi) da ishlatiladi. Ba’zan meva o‘t pufagi va buyrak toshi kasalligida ham qo‘llaniladi. Efir moyi farmasevtikada miksturalar ta’mini yaxshilash uchun ishlatiladiMeva kukuni (poroshogi) surgi dori sifatida qo‘llaniladigan qizilmiya ildizining murakkab kukuni (poroshogi) tarkibiga kiradi. Bundan tashqari, meva yel haydovchi, ich yumshatuvchi choylar tarkibiga kiradi. Dorixona ukropining efir moyidan ukrop suvi tayѐrlanadi.
Sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida dorivor ukrop o‘simligini katta maydonlarda ekib o‘stirish va undan ko‘proq xomashѐ yetishtirish mutaxassislar oldida turgan dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ma’lumki, dorivor ukropning ildiz tizimi o‘q ildizli bo‘lib, boshqa dorivor o‘simliklarga qaraganda tuproqning chuqurroq (55-60 sm) qatlamigacha yetib borishini hisobga olgan holda, unga eng unumdor, mexanik tarkibi o‘rtacha, suv bilan yaxshi ta’minlangan, kuzda ekiladigan va haydab ekiladigan yerlarni ajratishni tavsiya qilinadi. Dorivor ukrop issiq va ѐrug‘sevar o‘simlik bo‘lib, uning vegetatsiya davri 120-140 kun davom etadi. O‘simlik ekiladigan yerlarni erta kuzda 25-28 sm chuqurlikda haydab qo‘yiladi. Haydash oldidan albatta mahalliy o‘g‘itlardan gektariga 15-20 tonna va 50 kg dan superfosfat o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. Dorivor ukropni ekish uchun erta bahorda yerlar borona va mola bilan tekislanadi. Begona o‘tlarning ildizlaridan tozalanadi. Ekish mart oyining birinchi 10 kunligida sabzavot ekadigan seyalkalar bilan qator oralarini 60 sm qilib amalga oshiriladi. Urug‘larni tuproqning nam qatlamiga 3-4 sm chuqurlikka qadaladi va 1 gektar yerga ekish uchun sarflanadigan me’ѐri 8-10 kg ni tashkil etadi. Urug‘larni tuproq yuzasiga bir tekisda tushishi uchun ekish oldidan ular quruq va mayda ѐg‘och qirindisi, go‘ng ѐki qum bilan aralashtirilib ekiladi. Dorivor ukrop kuzda ekilganda urug‘larning bir qismi ko‘karadi va to‘pbarg tarzida qishlaydi. Erta bahorda ekilganlari 8-9 kunda unib chiqadi. Maysalar unib chiqqandan keyin ko‘chat oralari kultivatorlar ѐrdamida yumshatiladi va qo‘lda o‘toq qilinadi. Vegetatsiya davomida o‘simlikni 3-4 marta oralari kultivatorlarbilan ishlanadi va 2-3 marta begona o‘tlardan tozalanib, yagana qilinadi va har bir metr yerga 10-12 ta o‘simlik qoldiriladi. Dorivor ukrop tuplab ketishi natijasida uning oralariga ishlov berishning imkoniyati qolmaydi. Dorivor ukrop o‘g‘itlarga ancha talabchan o‘simlik hisoblanadi. Ularni o‘g‘itlash ko‘p jihatdan o‘tmishdosh ekin turiga, o‘g‘it me’ѐri va tuproq unumdorligiga bog‘liq. Bu ekinlar erta bahordan jadal o‘sa boshlaydi. Ularga o‘g‘itlash me’ѐrini belgilashda olinadigan hosil miqdori, o‘tmishdosh ekin va tuproq-iqlim sharoitlarini albatta hisobga olishni tavsiya qilinadi. O‘simlikni birinchi oziqlantirish maysalar unib chiqqandan keyin gektar hisobiga 50 kg dan azot va 20 kg dan kaliy o‘g‘iti berishdan boshlanadi. Dorivor ukrop oziqa elementlarga juda talabchan, ayniqsa bu holatni gullash oldidan kuzatish mumkin. Shuning uchun ham ikkinchioziqlantirishni gullash fazasida gektar hisobiga 50 kg dan azot, 30 kg dan fosfor va kaliy o‘g‘iti berishni tavsiya qilinadi. Gullash fazasida berilgan o‘g‘itlar o‘simlikni yaxshi o‘sib rivojlanishi va baquvvat ildiz otishiga imkoniyat tug‘diradi. Oziqlantirish har bir sug‘orishdan oldin amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Birinchi yili ob-havo va tuproqdagi namlikni hisobga olgan holda 6-7 marta sug‘oriladi. Ikkinchi va keyingi yillarda dorivor ukrop ekilgan maydonlar gullash fazasigacha ikki marta gektariga 50 kg dan azot o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi.