Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Area

Asosan Rossiyaning Yevropa qismida, Moldova, Ukraina, Belarus, Boltiqbo‘yi respublikalari, Kavkazda, Sibirda, Uzok Sharkda, O‘rta Osiyoda va Qozogistonda uchraydi. Mahsulot asosan Boshqirdistonda, Volga daryosini urta qismidagi tumanlarda, Rossiyaning markaziy vnloyatlarida, Ukraina, Belarus va Shimoliy Kavkazda tayyorlanadi.

Botanical description of the plant

Ko‘p yillik, ko‘pincha ikki uyli, buyi 60- 100, ba’zan 150 smga yetadigan o‘simlik. Ildizpoyasi yer ostida sudralib o‘sadi Poyasi tik o‘suvchi, tumtok to‘rt qirrali, shoxlanmagan, ba’zan qarama-qarshi shoxlangan. Bargi oddiy, tuxumsimon, o‘tkir uchli, sertuk va yirik arrasimon qirraln bo‘lnb, poyada bandi bilan qarama-qarshi joylashgan. Gullari mayda, yashil rangli barg qo‘ltig‘idan chikgan boshoqqa to‘plangan. Guli bir jinsli gulqo‘rg‘oni oddiy, to‘rt bo‘lakka qirqilgan. Changchi gullarida otaligi 4 ta, urug‘chi gullarida onalik tuguni bir xonali yuqorida joylashgan. Mevasi - tuxumsimon yoki ellipssimon sariq-kulrang tusli yongokcha. O‘simlikning xamma qismi achituvchi tuklar bilan qoplangan. Iyun oyining o‘rtalaridan boshlab kuzgacha gullaydi.

Ikki uyli gazanda

Medicinal properties

Gazanda (chayono‘t) o‘simligining preparatlari qon ivishini tezlatuvchi va bachadonni tonuslovchi ta’sirga ega. Shuning uchun ular bavosil kasalligida xamda akusherlik-ginekologiya amaliyotida qon to‘xtatuvchn dori sifatida, varikoz surunkaln yaralarni davolashda, gipo va avitaminoz kasalliklarida qo‘llannladi. Bargdan olingan o‘rtifillin preparati yaralarni va kuyganlarni davolash uchun ishlatiladi. Bargdan ajratib olingan xlorofill esa oznq-ovqat sanoatida va farmasevtika amaliyotida bo‘yoq modda sifatida ishlatiladi. Damlama, suyuq va quyuq ekstraktlar, barg briketi, urtifillin preparati (4% li surtma emulsiya holida). Mahsulot me’da-ichak kasalliklarida hamda qonto‘xtatish uchun ishlatiladigan choy - yig‘malar tarkibiga kiradi.

Growing technology

Ildizbachkili o‘simlik bo‘lganligi sababli, ildizpoyalaridan kesilib ko‘paytiriladi. Buning uchun erta bahorda o‘simlik kovlanadi, ildizpoyalari bo‘linadi. Har bir kesilgan qismida kurtagi hamda ildizi bo‘lishi kerak. Qator qilib ekiladi, 1 metrga 5 ta bachkisi o‘tqiziladi. Qator oralig‘i 50 smdan. U tez o‘sadi. Nam va chirindiga boy tuproqlarda uning zichligi ortib boradi.    Hosildorlik 12-15 sentnerni tashkil etadi.

×