O‘rtaerdengizida, O‘rta osiyoda, Himolayda o‘sadi. Sharqiy Kopettog‘da relikt o‘simlik hisoblanadi.
Ko‘p yillik o‘simlik, poyasiz, ildizlari kraxmalga boy bo‘lib 10-25 sm atrofida bo‘ladi, barglari juda katta diametri 1-2 m ga boradi.
Og‘riq qoldiruvchi, podagra, revmatizm, oshqozon-ichak kasalliklari, nevrologik, bosh og‘riqda, jigar kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Urug‘i ikki xafta suvda bo‘ktiriladi. Yerni namgarchilik vaqtida ekiladi. Ildizidan cherenkalar olish yo‘li bilan xam ko‘paytirish mumkin.