Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Area

Yovvoyi  xolda Shimoliy Afrikada, Yevropaning barcha qismida,  Kichik va Markaziy  Osiyoda, Avstraliya va Yangi Zellandiyada uchraydi. Rossiyaning Yevropa qismi, Kavkaz va G‘arbiy Sibirda uchraydi. U o‘rmon kamarida va dasht zonasida toshqin o‘tloqlarda, boy, ba’zan biroz ishqorli tuproqlarda butalar orasida o‘sadi. 

Botanical description of the plant

Ikki uyli, ko‘p yillik  o‘tsimon o‘smilik. Sparja  shu turkumga mansub, Asparagaceae oilasiga kiradi. Ildiz tizimi yaxshi rivojlangan, ildizpoyasi mustaxkam gorizontal, undan kichik ildizlar rivojlanadi. Poyasi balandligi 30-150smgacha yetadi, yalong‘och, silliq, to‘g‘ri. Gullari  oqish-sarg‘ish . May-iyun oylarida gullaydi.  Mevasi  sharsimon, qizil, rezavor meva. Mevasi avgustda pishib yetiladi.   

Dorivor sarsabil

Medicinal properties

Eksperimentlar o‘tkazish natijasida asparagin yoki sparja ekstraktini  qon tomirlarga  yuborilganda  arterial qon bosimni tushishi  aniqlangan.  Sparja  xloridlar , fosfatlar va mochevinani  organizmdan chiqib ketishiga xizmat qiladi.  Shuning uchun   u buyrak, yurak, revmatizm, podagra, surunkali va o‘tkir  buyrak yetishmovchiligadagi nefritlarda, siydik pufagi kasalliklarida  yaxshi samara beradi. Yosh shoxlaridan olingan essensiyasi  gomeopatiyada qo‘llaniladi. Xalq tabobatida ildizi va yer ustki qismini  yurak kasalliklarida, jigar, sistit, siydik o‘t tosh kasalliklarida, shishlarda, epilepsiya, revmatizmda, allergiyalarda, mevasi-impotensiya, dizenteriyalarda yaxshi samara beradi.

Growing technology

Dorivor sarsabil o‘simligi yorug‘, quyoshli, begona o‘tlardan xoli, unumdor tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Urug‘laridan yoki poyasini bo‘lib  ko‘paytiriladi. Urug‘laridan sekin rivojlangani uchun bu usulni ko‘pchilik bog‘bonlar qo‘llamaydi. Buning uchun urug‘lar ikki kun davomida issiq suvda o‘sish gormonlari qo‘shilgan xolda qoldiriladi. Urug‘larni olib tuproq aralashmasiga(tuproq, qum, go‘ng va torf 2:1:1:1) qo‘shiladi. Ustidan yengilgina  qora tuproqdan sepiladi 1sm qalinlikda. Urug‘larni rivojlanishi uchun tuproq  xarorati +25...,+27 Sni tashkil etadi. Urug‘lar  sekin rivojlanadi. Eng uzoq muddat 6 oyni tashkil etadi, agar siz urug‘ ekish jarayonini to‘g‘ri amalga oshirgan bo‘lsangiz   sekin asta maysalarni rivojlanishini   guvoxi bo‘lasiz. Ko‘chatlarni boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish iyun oyidan ilgari amalga oshirlmaydi.  Ular o‘sib   rivojlangach ko‘chirib o‘tkazish jarayonini   baxor, xatto kuz oylarida amalga oshirish mumkin. Poyasi bo‘lib ko‘paytirlganda o‘simlik tez rivojlanadi.

×