Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Area

Shirinmiya asosan O‘rta Osiyoda tabiiy holda tarqalgan. Mamlakatimizning ko‘p joylarida o‘sadi. To‘qayzorlarda  hamda ariq bo‘ylarida ham tabiiy holda o‘sadi.

Botanical description of the plant

Qizilmiya (lotinchada Glerrhizza glabra) burchakdoshlar oilasiga mansub, ko‘p yillik o‘simlik. U asosan tog‘ yonbag‘irlarida, to‘qayzorlar, daryo yoqalarida, ariq bo‘ylarida, sho‘r va qumli yerlarda, ba’zida ekinlar orasida ham o‘sadi.

Ildizi o‘q ildiz, yer ostida ildizpoyalar hosil qiladi va 5-6 metr chuqurlikkacha kirib boradi. Poyasi tik o‘suvchi, shoxlangan yoki shoxlanmagan, tuklar bilan qoplangan bo‘lib, balandligi 50 santimetrdan 200 santimetrgacha yetadi.

Barglari murakkab tok patsimon, rangi yashil. Gullari ikki jinsli, rangi sariq, barg qo‘ltiqlarida oddiy soyabon to‘pgul hosil qiladi. Mevasi 3-7 urug‘li, pishganda ochilmaydigan dukkak meva. Urug‘i qattiq, silliq, yashil rangda. Shirinmiya aprel oyining oxiridan may oyigacha gullaydi. Mevasi avgust va sentabr oylarida pishadi.

Yalong‘och qizilmiya

Medicinal properties

Ildizidan sirop tayyorlanadi. Balg‘am  ko‘chiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, me’da-ichak yo‘llarining surunkali yallig‘lanish kasalliklarida ayniqsa, me’da shirasi kislotasi oshib ketgan hollarda, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi bitishini tezlashtiradi. Glitsirrizin kislotasi, organizmda metabolik o‘zgarishlarga uchrab, kortikosteroidga o‘xshash ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek organizmning nospesifik rezistentligini oshiradi, stafilokokk, tuberkulyoz mikobakteriyasi, ichak tayoqchasi mikroblariga qarshi faollikka ega.

Growing technology

Shirinmiya o‘simligi asosan uch xil usul bilan, urug‘idan, ildizpoyalaridan va ko‘chat yetishtirish orqali ko‘paytiriladi. Birinchi usul- urug‘ sepish bilan amalga oshiriladi. Buning uchun agrotexnikasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan, kuzda yaxshilab shudgorlangan, begona o‘tdan tozalangan, molalangan, chizellangan, tekislangan maydonlarni tanlanishi talab etiladi. Tayyorlangan maydonlarga oralig‘i 70 sm qilinib egatlar olinadi va urug‘lar 1-3sm chuqurlikda ekiladi.
     Urug‘ ekishni kuz va erta bahor oylarida mexanizasiya yordamida amalga oshirish mumkin. Gektar hisobida 4-5kg urug‘ ekiladi. Urug‘ ekilgandan so‘ng, maydon sug‘oriladi va maysa hosil bo‘lgunga qadar tuproq yuza qatlami nam holatda saqlanib turishi talab etiladi. Tuproq harorati 100S dan oshishi bilan maysalarning unib chiqishi kuzatiladi. Maysalar asosan 20-25sm ga yetishi bilan qator oralariga ishlov beriladi. Vegetasiya davomida o‘simlik maydoni 8-10 marotaba sug‘oriladi. Har 2-3 marotaba sug‘orishdan so‘ng kultivasiya o‘tkaziladi va qator oralig‘iga ketmon bilan ishlov beriladi hamda parvarishlanadi. Ammo, sho‘r yerlarda (1,5-2,0%) urug‘ unuvlanligining anchagini pastligini inobatga olinsa, shirinmiya urug‘ini ko‘kartirib sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan ekin maydonlarini barpo etib bo‘lmaydi.
 Ikkinchi usul- ildizpoyalardan ko‘paytiriladi. Bu usulda o‘simlik xom-ashyosi ya’ni, ildizpoyalari maydonlardan kovlab olinadi. O‘tkir tig‘li moslamalar yordamida 10-15sm uzunlikda ildizpoya qalamchalari qirqib tayyorlanadi. Gektar hisobiga 2000-3000kg ildizpoyalarni sarflanishi tavsiya etiladi. Oldindan tayyorlangan va agrotexnikasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan maydonlarga oralig‘i 90sm qilib egatlar olinadi va 5-8sm chuqurlikda ildizpoyalar mexanizasiya yordamida ekiladi.

×