Yevropa, Osiyo, Amerikaning subtropik xududlarida o‘sadi.
Ko‘p yillik o‘simlik, bo‘yi 15-35 sm gacha bo‘ladi. Ildizpoyasi uzun, poyasi yotib o‘suvchi, barg u plastinkali, gullari oq, pushti rangda bo‘ladi.
Organizmni tozalovchi, ichni yurg‘izuvchi, ishtaxani yaxshilovchi xususiyalariga ega bo‘lib, oshqozon-ichak kasalliklarida foydalaniladi.
Agrotexnikasi kuzda yaxshilab shudgorlangan, begona o‘tdan tozalangan, molalangan, chizellangan, tekislangan maydonlarni tanlanishi talab etiladi. Tayyorlangan maydonlarga oralig‘i 70 sm qilinib egatlar olinadi va urug‘lar 1-3sm chuqurlikda ekiladi.