Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Area

O‘simlik keng tarqalgan bo‘lib, o‘rmon, o‘rmon-cho‘l va cho‘l hududlarida hamda tog‘li tumanlarda (tog‘ etaklaridagi tekisliklarda, tog‘ ѐnbag‘irlarda) ochiq yalangliklarda va quruq o‘tloqlar, qirlar, yo‘l ѐqalari, o‘rmon chetlari va boshqa yerlarda o‘sadi.

Botanical description of the plant

Ko‘p yillik bo‘yi 20-50 (ba’zan 80) sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Ildizpoyasi shoxlangan bo‘lib, yer ostki novda hosil qiladi. Bunday novdadan ildizoldi barglar va poyalar o‘sib chiqadi. Poyasi bir nechta, tik o‘suvchi, yuqori qismi shoxlangan bo‘lib, ular qalqonsimon gul to‘plamlari bilan tamomlanadi. Bargi oddiy, ikki marta patsimon ajralgan bo‘lib, poyada bandsiz ketma-ket o‘rnashgan. Gullari savatchaga to‘plangan. Savatchalar o‘z navbatida qalqonsimon to‘p gulni tashkil etadi. Mevasi - yassi, tuxumsimon, kulrang pista.

Oddiy mingbarg

Medicinal properties

Mahsulotning dorivor preparatlari me’da-ichak (me’da yarasi va gastrit hamda shilliq qavatning yallig‘lanishi) kasalliklarini davolash, ishtaha ochish va qon to‘xtatuvchi dori sifatida (ichakdan, bachadondan va gemorroidal qon oqishi) hamda burun, milk va yaralar qonaganda uni to‘xtatish uchun ishlatiladi. Dorivor preparatlari. Suyuq ekstrakt, damlama, yer ustki qismi kukuni (poroshogi). Mahsulot ishtaha ochish, qon oqishini to‘xtatish uchun va me’da-ichak kasalliklarida ishlatiladigan yig‘malar - choylar tarkibiga kiradi.

Growing technology

Bo‘ymodaron ekiladigan yerlarni kuzda organik va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirib, 25-27 sm chuqurlikda traktor bilan haydab qo‘yiladi. Bo‘ymodaron ko‘p yillik o‘simlik bo‘lgani uchun uni kech kuzda va erta bahorda ham ekish mumkin. O‘simlikni urug‘idan va vegetativ yo‘l bilan ham ko‘paytiriladi. Ekish davrida eng saralangan urug‘lardan foydalaniladi. Urug‘ning unib chiqish qobiliyati 90-95% dan kam bo‘lmasligi kerak. Bo‘ymodaron o‘simligini erta bahorda tuproq harorati 14-15°S bo‘lganda jo‘yaklar oralig‘ini 60 sm dan qilib saralangan urug‘ni sabzavot seyalkalarida sepish mumkin. Ekish chuqurligi erta bahorda 1,5-2 sm qilib gektar hisobiga 6-7 kg urug‘ sarflanadi. Kuzda esa ekish chuqurligi 0,5-1,5 sm va urug‘ normasi 8-10 kg dan kam bo‘lmasligi kerak. O‘simlikning urug‘lari bir tekislikda unib chiqishi uchun tuproqda nam yetarli bo‘lishi lozim. Tuproq juda mayin, yer bir tekis molalangan va urug‘ bir xil chuqurlikda ekilishi shart. Bo‘ymodaron o‘simligini o‘suv davrida ishlov berish avvalo urug‘lar unib chiqqandan keyin boshlanadi. O‘simlik vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirilganda uning rivojlanishi uchun yer chuqur qilib haydaladi. Unga ekish bilan birga gektar hisobiga 15-20 kg dan azot o‘g‘iti ham beriladi. Nihollar tuproq harorati 20°C bo‘lganda yaxshi ildiz ota boshlaydi.

×