O‘rta Osiyo, Sibir va Kavkazda uchraydi.
Ko‘knordoshlarga mansub qisqa ildizpoyali o‘tsimon o‘simlik turi. Poyasi serbarg, bo‘yi 30—100 sm. Barglari oddiy, patsimon kungirali bo‘lakchalarga bo‘lingan. To‘pgulli oddiy soyabon. mevasi ko‘p urug‘li, qo‘zoqsimon ko‘sakcha. May oyidan kuzgacha gullaydi. Qoncho‘p zaharli, mollar yemaydi. Qoncho‘pning hamma qismida tarkibida 20% ga yaqin alkaloid, S va A vitaminlari, efir moylari, organik kislotalar va b. bo‘lgan sutshira bor.