Nam yerlarda suv buylarida, Utloklarda va butalar orasida usadi. K avkaz, Urta Osiyo, Moldova, Ukraina, Belorus, Rossiyaning Ovrupo qismining cho'l va urmon-cho'l zonasida xamda Garbiy Sibirda uchraydi. Maxsulot asosan Krasnodar va S tavropol Ulkalarida xamda Koeogiston va boshka yerlarda tayyorlanadi.
Ko‘p yillik, bo‘yi 100- 150 sm bo‘lgan o‘t o‘simlik. Poyasi bitta yoki bir nechta, tik o‘suvchi, sertuk, yuqori qismi shoxlangan. Ildizoldi bargi uzun bandli, yirik (barg plastinkasi 50 sm gacha buladi), ellipssimon yoki cho‘ziq tuxumsimon, o‘tkir uchli, asos qismi tomon toraya boradi. Poyadagi barglari maydarok, cho‘zik tuxumsimon, poyaning yuqori qismiga chiqqani sari kichraya boradi. Barg plastinkasi tishsimon qirrali bo‘lib, yuqori tomoni siyrak va qattiq tukli, pastki tomoni esa yumshoq, sertuk. Poyaning yuqori qismidagi barglari bandsiz, pastdagilar esa qisqa bandi bilan poyada ketma-ket o‘rnashgan. Gullari tilla rangda bo‘lib, savatchaga to‘plangan. Savatchalar poya va shoxchalarning yuqori qismida qalqonsimon yoki shingilsimon gul to‘plamini tashkil etadi. Savatchaniig o‘rama barglari cherepitsaga o‘xshab joylashgan. Bargchalari tuxumsimon, qayrilgan va juda ko‘p tuklar bilan qoplangan. Savatcha chetidagi gullari sarik, tilsimon, o‘rtadagilari ham sariq, uchma tukli, naychasimon. Gullarning kosacha bargi tukka aylanib ketgan, tojbargi va otaligi 5 tadan, onalik tuguni bir xonali, pastga joylashgan. Mevasi - cho‘zik, to‘rt qirrali, jigarrang yoki qo‘ngir lista. Iyul oyidan boshlab, sentabrgacha gullaydi, mevasi avgust-oktabr oylarida pishadi.
Qora andiz preparati balg‘am ko‘chiruvchi dori sifatida hamda me’da va ichak kasalliklarida ishlatiladi. Efir moyi antiseptik, gijja haydash xususiyatiga va yallig‘glanishga qarshi ta’sirga ega. Uning gijja xaydash xususiyati tarkibida santoninga uxshash ta’ si r etuvchi moddalar - alantolaktonlar borligiga bogliq. Qora andiz ildizpoya va ildizidan allanton dorivor preparati olingan. Allanton maxsulotning seskviterpenlarining yigindisi bulib, yalliglanishga karsh i, kon tomirlarini mustaxkamlovchi va antiseptik ta’sirga ega xamda me’da yara kasalligida yaraning bitishini tezlatadi. Bu preparat kuniga 3-4 marta bitta tabletkadan m ye’ da va un ikki barmok, ichak yara kasalligini davolash uchun iste’mol knlinadi. Dorivor preparati. Kaynatma, allanton (tabletka xolida).
Baland bo‘yli andizni O‘zbekistonning barcha tuproq turlarida ekib, ko‘paytirish mumkin. Lekin o‘tloq, qumloq yoki bir oz sog‘ tuproqli bo‘ztuproqlar bo‘lsa nur ustiga nur. Ildizlari juda chuqurda joylashgan, shuning uchun ekishdan oldingi shudgor 30 sm chuqurlikda o‘tkazilishi kerak. Yerni haydashdan oldin gektariga 200 kg.dan superfosfat solinadi. Azotli o‘g‘itlar birinchi yili, 2-3-chinbarg chiqqan davrda, shuningdek qayta tiklanish kurtaklari hosil bo‘lishi davrida (iyul) gektariga 100 kg.dan solinadi. Urug‘dan ko‘payadi. Urug‘ quruq holida bahor yoki kuzda gektariga 10-12 kg hisobida, qator oralari 70 sm.dan qilib ekiladi. Urug‘ 0,5-1 sm chuqurlikka ekiladi. 7-10 kun deganda urug‘ unib chiqib, maysa hosil bo‘ladi, 2-3 barg chiqargan davrda, bir yillik ekin maydonida har tup oralig‘i 10-15 sm qilib yagonalanadi, ayni vaqtda bu jarayon begona o‘tlarni o‘toq qilish bilan birga olib boriladi. Baland bo‘yli andizning o‘zak ildiz tarmog‘i baquvvat, yaxshi rivojlanganligini hisobga olib, har 20-25 kunda quyidagi muddatlarda sug‘oriladi: may-1, iyun-2, iyul-2, avgust-1/2, sentabr-1, jami birinchi yili 7-8 marta, ikkinchi yili 6-7 marta sug‘oriladi. O‘simlik birinchi yili 70 sm.gacha uzunlikda 70 dona bargdan iborat to‘pbarg hosil qiladi. Tuganak - ildizi uchki qismining ko‘ndalang kesimi mavsum davomida 5 sm.gacha yetadi. Bu qalin silindirsimon, uzunligi 7 sm.li tuzilma bo‘lib, ko‘pincha uning tub qismidan ikkinchi tartibli qalin ildizlar tarqaladi. Bir yillik bunday quritilmagan ildizning o‘rtacha vazni 73,6 gr., ayrimlari esa 200 gr.gacha yetadi. Urug‘ va ildizlar olish uchun ikki va uch yoshli o‘simlik maqbul. Solinadigan o‘g‘it miqdori har gektariga: fosforli o‘g‘itlar 200, azotli o‘g‘itlar esa bir marta iyun oyida, 100-200 kg.dan solinadi.