Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Area

Ukraina, Belarus, Moldova, Rossiyaning Yevropa qismi, Ural, Kavkaz va G‘arbiy Sibirdagi nam o‘tloqlarda, ariq bo‘ylarida, butalar orasida, ninabargli o‘rmonlarda, o‘rmon chetlarida, torf botqoqliklarida xamda boshqa yerlarda o‘sadi. Mahsulot asosan Belarus, Boshqirdiston va Tataristonda tayyorlanadi.

Botanical description of the plant

Ko‘p yillik, bo‘yi 15-50 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik.  Ildizpoyasi kalta, yo‘g‘on va ko‘p boshli bo‘lib, yer ostida gorizontal joylashgan. Poyasi ko‘tariluvchi yoki tik o‘suvchi, tukli, yuqori qismi shoxlangan. Ildizoldi bargi uzun bandli, 3 yoki 5 plastinkali, ko‘pincha o‘simlik gullagan vaktida qurib qoladi. Poyadagi barglari doimo uch plastinkali, yirik ko‘shimcha bargli bo‘lib, poyada ketma-ket bandsiz joylashgan. Bargchasi lansetsimon, yirik tishsimon qirrali, yopishgan tuklar bilan qoplangan. Gullari yakka-yakka holda uzun bandi bilan poyaga o‘rnashgan. Gulkosachasi 4 tadan ikki qavat. Tojbargi 4 ta (boshqa turlarida 5 ta), tilla sariq rangli bo‘lib, asos kismida qizil dog‘lari bor. Otalik va onaliklari ko‘p sonli. Mevasi - ko‘p urug‘li murakab meva. May oyidan boshlab kuzgacha gullaydi.

G’ozpanja

Medicinal properties

Mahsulotning dorivor preparatlari burishtiruvchn va antiseptik dori sif atida og‘izning shilliq qavatlari yallig‘lanishi (stomatit, gingivit) va anginada og‘iz chayish uchun hamda me’da-ichak kasalliklarini (enterit, enterokolit, dispepsiya) davolashda nshlatiladi. Bundan tashqari, ildizpoya preparatlari ekzema va boshqa teri kasalliklarini hamda terining kuygan joylarini davolashda qo‘llaniladi. Qaynatma shaklda foydalaniladi. Ildizpoya me’da-ichak kasalliklarida ishlatiladigan choylar yig‘malar tarkibiga kiradi.

Growing technology

Begona o‘tlardan yaxshilab tozalangan, boronalangan va mola bilan tekislangan maydonlarga ekish zarur. Bir tekis ekish uchun urug‘ qadash oldidan 1/100 nisbatda qum yoki chirigan-kukunsimon go‘ng aralashtiriladi. Bir yo‘la sug‘orish egatlari olish uchun ekish uskunasiga okuchnik tirkaladi. Ekish uchun mayda egatlar olinadi. Havo harorati 15-17 gradus isiganda egat oralari 70 sm qilib ekiladi. Har bir gektar yerga 4 kg gacha urug‘ sarflanadi. Agar tuproq tarkibida nam yetishmasa ekilgandan keyin darhol sug‘oriladi.

×