Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Area

Afrikada (Jazoir, Liviya, Marokko, Tunis), Turkiya, Kipr, Yevropaning shimoliy qismi, sobiq Yugoslaviya davlatlari, Gresiya, Italiya, Portugaliya, Ispaniya, Fransiyada tabiiy holda o‘sadi.  Aksariyat hollarda, tarkibida ohak ko‘p bo‘lgan tuproqlarda, quruq qoyalarda, tog‘larning janubiy yonbag‘irlarida, quyosh yaxshi tushadigan joylarda uchraydi.

Botanical description of the plant

Dorivor rozmarin, bo‘yi 50-100 sm gacha yetadigan doim yashil buta. Poyasi tik o‘suvchi, shoxlangan, yosh novdalari to‘rt qirrali. Ildiz tizimi yaxshi taraqqiy etib, tuproqqa 3-4 m gacha kirib boradi. Barglarining uzunligi 4 sm, eni 0,3 sm, cho‘zinchoq qalami shaklda, bandsiz yoki qisqa bandi bilan poyada qarama-qarshi joylashgan. Gullari ikki labli mayda, och binafsha rangda. Urug‘i tuxumsimon, jigarrang, usti silliq, uzunligi 2-2,5 mm, eni 1-1,5 mm. Mevasi dumaloq-silliq, jigarrang yong‘oq. 1000 dona urug‘ vazni 1,2-1,4 g.

Dorivor rozmarin

Medicinal properties

Rozmarin novdalarining yuqori qismida, gulida, bargida efir moyi saqlaydi. Efir moyi tarkibida α – pinen (30%), kamfen (20%), sineol (10%), borneol, L –kamfora, kariofillen, bornilasetat, limonen, smola va boshqa moddalar mavjud. Rozmarin kuchli xushbo‘y va yoqimli xidga ega. Bargi, guli, yosh novdalari quruq holda baliq mahsulotlariga ishlov berishda qo‘llaniladi. U oz miqdorda qovurilgan go‘sht, qovurilgan tovuq, qiyma go‘sht, ko‘ziqorinli salatlar, sabzavotli qaynatma va boshqa taomlarga ta’m beruvchi ziravor sifatida qo‘shiladi.

Growing technology

O‘simlikni plantatsiyasini tashkil etish uchun avalombor, ko‘chat tayyorlash zarur. Bizning sharoitda o‘simlik urug‘ bermaydi. Shu sababli vegetativ usulda qalamchalardan ko‘paytiriladi.  Yetilmagan (hali yog‘ochlanmagan) qalamchalarga ishlov berish uchun past, chala yetilganlari uchun o‘rta, yog‘ochlangan qalamchalar uchun esa yuqori darajadagi o‘stiruvchi moddalar aralashmasi ishlatiladi.  Eritmani ikki bosqichda tayyorlash tavsiya etiladi. Dastlab qur eritma-quyuq aralashma, keyin tegishli aralashmali ishchi eritma tayyorlanadi. Qur eritma tayyorlash uchun 1 g o‘stirish moddasi shisha idishda 50 ml3 96 % spirtda eritiladi, keyin 1 l distillangan suv qo‘shiladi. Bunda 0,1 % aralashmali 1 l hajmida qur eritma hosil bo‘ladi, uni salqin joyda saqlanadi. Tegishli aralashmali ishchi eritma qur eritmaga ichimlik suvi qo‘shish yo‘li bi¬lan hosil qilinadi. Masalan, 50 mg/l aralashmali 1 litr ishchi eritma tayyorlash uchun 50 ml qur eritma olish zarur. 25 mg/l aralashmali 8 litr erit¬ma tayyorlash uchun esa muvofiq ravishda, ya’ni 200 ml qur eritma kerak bo‘ladi, ishchi eritmaniig umumiy miqdori 8 litrga yetadi. Shuningdek, qalamcha tayyorlashda geteroauksindan (tuman hosil qiluvchi moslama yo‘qligida) foydalanish ildiz otishini 10-15 % oshiradi. Oz miqdorda margansovka eritmasi yordamida ish¬lov berish ham ildiz otishni tezlashtirib, tuproqdagi chirish jarayonini pasaytiradi. Qalamchalar iyul-avgust oylarida poyasi yog‘ochlangan novdalardan 15-20 sm uzunlikda kesiladi. Nam matoga o‘ralgan qalamchalar 25 tadan qilib bog‘lanadi va bog‘-bog‘i bilan vannachaga yoki har qanaqa shisha, sirlangan, zanglamaydigan po‘lat idishga joylanadi. Eritma qatlami 3-3,5 sm dan ziyod va 1,5-2 sm dan kam bo‘lmas¬ligi kerak. Qalamchalarga soat 17.00-17.30 da ishlov beriladi, tuni bilan qoldirilib, ertalab ichimlik suvida yaxshilab yuviladi va ekiladi.

Ildiz ottirish uchun bunday qalamchalarni issiqxonalarda maxsus tayyorlangan substratlarga qadash kerak. Issiqxonada chirigan go‘ng bilan o‘g‘itlangan (1 m2 ga 2 chelak miqdorida) va yaxshilab chopilgan, tekislangan, ustiga 15 sm kalinlikda daryo qumi to‘shalgan tuproq qalamcha ekish uchun optimal muhit hisoblanadi. Qalamchalar 5-10 sm chuqurlikka qiyalatib ekiladi. Kuniga 4 marta, har uch soatda sug‘orib turiladi. Qalamcha ekilganidan 20-30 kun o‘tgach, ildiz otish nuqtalari bo‘rtishi namoyon bo‘ladi. Bu vaqtga kelib kundalik sug‘orish miqdori 2 martagacha kamayadi (ertalab va kechkurun). Oktabr oyida sug‘orish miqdori 1 gacha kamaytiriladi (ertalab). So‘ngra haftasiga bir marta ko‘chat tayyor bo‘lgunga qadar sug‘oriladi. Qalamchalar issiqxonalarda erta bahorda tayyor ko‘chat bo‘lib yetiladi.  Tayyor bo‘lgan ko‘chatlar plantatsiyaga ekilgunga qadar, maydon 25-30 sm chuqurlikda haydaladi, tekislanadi, molalanadi va 60-70 sm oralig‘ida qator tortiladi. Tuplar oralig‘i 20 sm masofada ko‘chatlar o‘tqaziladi va zaxlatib sug‘oriladi. Yil davomida o‘simliklar 8-9 marta sug‘oriladi. Har 2-3 sug‘orishdan keyin kultivatsiya qilinadi, begona o‘tlardan tozalanadi. Tavsiya etilgan agrotexnikaga qat’iy amal qilinganda o‘simlikning o‘sish va rivojlanishi talab darajasida bo‘ladi.  Hosildorlik (o‘simlik asosiy poyasi va yon shoxlarining 10-15 sm uchki qismi va butun tupdagi barglar) gektar hisobida 5-7 sentnerni tashkil etadi.

×