Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Area

Yevropa, Hindiston, Afrikaning shimoli sharqiy qismida o‘sadi.

Botanical description of the plant

Ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, buta, 1 m gacha balandlikda, Labguldoshlar oilasiga kiradi. Ildiz tizimi juda baquvvat, poyasi shoxlangan, tik o‘suvchi, barglari lineykasimon uzun. Gullari fioletoviy rangda to‘pgul hosil qilgan. Urug‘i ovalsimon semechka shaklda qo‘ng‘ir rangda.

Dorivor lavanda

Medicinal properties

Gullaridan efir moylari olinadi. Turli xil infeksion kasalliklarda, uyqusizlikda, turlicha asab buzilishlarida, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishlarida qaynatmasidan foydalaniladi.

Growing technology

Dorivor lavanda o‘simligi urug‘idan va vegetativ yo‘l bilan ko‘paytiriladi. Unumdor tuproq va ochiq yerlarda yaxshi o‘sib rivojlanadi. O‘simlik ko‘p yillik bo‘lgani sababli, asosan doimiy joylar tanlanadi. Uni almashlab ekish dalalariga joylashtirishni rejalashtirish tavsiya etilmaydi. Chunki, u bir yerda 20-25 yil davomida hosil berishi mumkin.

Dorivor lavanda o‘simligi ekiladigan yerlarni kuzda Ga-hisobida 15-20 t.organik o‘g‘it va 30-40 kg mineral o‘g‘it (superfosfat)solinib, yerni 25-28 sm chuqurlikda haydab qo‘yiladi. O‘simlikni urug‘idan ko‘paytirish eng samarali usul hisoblanadi. Uning eng optimal ekish vaqti noyabr oyining birinchi dekadasi hisoblanadi.Urug‘lar chuqurroq (2-3 sm) ekiladi. Agarda urug‘larni bahor oyida ekish zaruriyati tug‘ilsa, u holda ularni ariq suvlarida ivitib ekgan ma’qul. Ekishdan oldin yerlar begona o‘tlar qoldiqlaridan tozalanadi, boronalanadi va mola bilan tekislanadi. Havo harorati 10-15 S ga yetganda 70 sm.li egat olinadi va urug‘lari ekiladi. Erta bahor ekilgan urug‘lar unib chiqqunga qadar tuproq tarkibi nam holatda (70%) saqlanadi. Ga hisobida 4-6 kg.gacha urug‘ sarflanadi.

Urug‘lar 7-10 kunda unib chiqadi. Chin barglar 10-15 kundan so‘ng namoyon bo‘ladi. Ularni soni 2-3 taga yetganda (taxminan 15-20 kundan) so‘ng o‘simlik oralarini kultivatsiya yordamida yumshatiladi va begona o‘tlardan tozalanadi. Bahor oylaridagi yog‘ingarchilik natijasida ekilgan maydonlarda qatqaloqlar paydo bo‘lishi bilan o‘simlik oralari yumshatiladi va shu bilan birga yagana qilinib, har bir tupda 25-30 sm uzunlikda 2-3 tadan o‘simlik qoldiriladi. Ba’zan qulay tuproq sharoitlarida kuzda ekilgan o‘simliklar (1 va 2 yillarida)iyun oyining oxiri va iyul oylarining boshlarida gullashi mumkin. Usimliklar asosan 3-yildan qiyg‘os gullaydi. Shonalash fazasigacha o‘simlik ikki marta sug‘oriladi va suvdan keyin o‘simlik oralari kultivatsiya bilan 8-10 sm chuqurlikkacha yumshatiladi. O‘simliklar iyul oyining boshlarida gullaydi. Oziqlantirish shonalash fazasidan boshlanib, sug‘orishdan avval gektariga 50kg azotli, 30kg kaliyli o‘g‘itlar solinadi.

O‘simliklarni suyultirilgan go‘ng sharbati bilan oziqlantirish yaxshi natija beradi. Lavanda ekilgan maydonlar har 2-3 sug‘orishdan sung o‘toq qilinishi lozim.

×