Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Area

Dalachoy turlari yo‘l yoqalarida, ariq bo‘ylarida, o‘tloqlarda, bedazorlarda, o‘rmonlarda, o‘rmon chetlarida, butalar orasida o‘sadi. Asosan Ukraina, Belorus, Moldova, Boltiq bo‘yi davlatlari, Rossiyaning Yevropa qismi va o‘arbiy Sibirning o‘rmon, o‘rmon-cho‘l zonasida, Kavkazda hamda O‘rta Osiyoda uchraydi.

Botanical description of the plant

Teshik dalachoy - Hypericum Perforatum L. va dog‘li (to‘rtqirrali) dalachoy - Hypericum maculatum Crantz. (Hypericum quadrangulum L.); dalachoydoshlar - Hypericaceae oilasiga kiradi. Dalachoy turlari ko‘p yillik, bo‘yi 30-100 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Ildizpoyasi va ildizi sershox. Poyasi bir nechta, tik o‘suvchi, silliq, tuksiz, qirrali bo‘lib, yuqori qismi qarama-qarshi shoxlangan. Bargi oddiy, cho‘ziq-tuxumsimon, tekis qirrali bo‘lib, poyada bandsiz qarama-qarshi joylashgan. Gullari tilla sariq rangda, bo‘lakli, qalqonsimon ro‘vakka to‘plangan. Mevasi - uch xonali, ko‘p urug‘li, pishganda ochiladigan ko‘sakcha. Urug‘i mayda, cho‘zinchoq va chuqurchali bo‘lib, qo‘ng‘ir rangga bo‘yalgan. Iyun-avgust oylarida gullaydi.

Dalachoy

Medicinal properties

Mahsulotning dorivor preparatlari burishtiruvchi, antiseptik va yara to‘qimalarini tez bitiruvchi ta’sirga ega. Tibbiyotda me’da-ichak (kolit, ich ketishi), og‘iz bo‘shlig‘i (gingivit va stomatit) kasalliklari hamda II va III darajali kuyishlarni davolashda, shuningdek, og‘izni chayish uchun ishlatiladi. O‘simlikning yer ustki qismi bakteritsid ta’sirga ega. Dorivor preparatlari. Damlama, nastoyka, suyuq ekstrakti, bakteritsid preparat novoimanin, peflavit (katexinlar yig‘indisi tabletka holida Bolgariyada chiqariladi, vitamin R ta’siriga ega). Novoimanin to‘q qo‘ng‘ir rangli kukun (poroshok) bo‘lib, ular suvdagi, suv bilan spirt va suv bilan glitserin aralashmasidagi 0,5-1% li eritma hamda kukun (poroshok) va surtma holida oddiy, yiringlangan yaralar, kuygan joy, chipqon va boshqa yiringli jarayonlarni davolash uchun ishlatiladi. Dalachoy o‘simligining moyli ekstrakti (dalachoy moyi) me’da-ichak yarasi kasalliklarini davolashda ishlatiladi.

Growing technology

Teshik dalachoy ko‘p yillik o‘t o‘simligi bo‘lib, asosan urug‘idan ko‘paytiriladi. O‘simlikni ekishdan oldin yerni kuzda 25-28 sm qilib haydaladi. Haydashdan oldin gektariga 20-25 tonna go‘ng va 50 kg dan superfosfat o‘g‘iti beriladi. Dalachoydan yuqori hosil yetishtirish uchun erta bahorda tuproqning yuqori qatlamini urug‘ yaxshi ko‘miladigan, normal unib chiqishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladigan qilib yumshatish, havo almashinishini yaxshilash, pastki qatlamlardan uruqqa nam kelishini ta’minlash va begona o‘tlarni yo‘qotishga qaratish kerak bo‘ladi. Erta bahorda yerni ekin ekishdan oldin boronalab tekislanadi, o‘sib kelaѐtgan bir yillik begona o‘tlar yo‘qotiladi. Mart oyining oxiri va aprel oyining boshlarida urug‘lar sertifikatsiya qilinib sabzavot ekadigan seyalkalarda qator oralarini 60 sm li va urug‘ni 0,5-1 sm chuqurlikda ekiladi. Urug‘i juda mayda bo‘lganligi uchun uni qumga aralashtirib (1 : 50) ekiladi. Gektariga 4-5 kg dan urug‘ sarflanadi. Uning urug‘lari 5-6°C da 12-16 kundan keyin ko‘karib chiqishi mumkin. Lekin urug‘larning yerdan tez ko‘karib chiqishida tuproq harorati 18-20°S bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar teshik dalachoy urug‘lari kuzda ekilgan bo‘lsa ular erta bahorda tez rivojlanadi va hosildorligi bahorda ekilgan urug‘larga nisbatan yuqori bo‘ladi. O‘simlikning maysalari noziq bo‘lganligi sababli uni begona o‘tlardan tozalab, tezlik bilan qator oralari kultivatsiya qilinib yumshatiladi. Agar o‘simlik qalin joylashgan bo‘lsa uni yagana ham qilinadi va 1 m yerga 10 tadan o‘simlik qoldiriladi. Birinchi yili o‘simlikni 10-12 marta sug‘oriladi, qator oralari 4-5 marta kultivatsiya bilan yumshatiladi va 3-4 marta oralari qo‘lda o‘toq qilinadi. O‘suv davomida gektar hisobiga 40 kg dan azot, 30 kg dan kaliy o‘g‘iti beriladi. O‘simlikni oziqlantirish, sug‘orishdan oldin amalga oshiriladi. Iyun va iyul oylarida dalachoy to‘liq gullaganda uning yer usti qismini gulli shoxlari shonasi 30 sm dan

oshmasdan silos o‘radigan mexanizmlar ѐrdamida ѐki qo‘lda o‘rib olinadi va xomashѐsini tezlik bilan maxsus moslamalarda quritiladi. Birinchi o‘rimdan keyin o‘simlikning yaxshi rivojlanishi uchun dalachoy ekilgan maydonlarning har gektariga 80-100 kg dan ammofos o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. Oradan 30-40 kun o‘tgandan keyin dalachoyni ikkinchi marta o‘rib olish mumkin. Uning hosildorligi birinchi o‘rimga nisbatan ko‘proq ham bo‘lishi mumkin. Dalachoy birinchi yili meva bermaydi. Ikkinchi yili erta bahorda dalachoy ekilgan maydonlarni o‘simlik qoldiqlaridan tozalab uzunasiga va ko‘ndalangiga borona qilinib, azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar bilan oziqlantiriladi. Teshik dalachoy ekilgan yerlarda to‘liq ko‘chat saqlansa o‘z vaqtida oziqlantirilsa, sug‘orilsa va begona o‘tlardan tozalansa har gektar yerdan o‘rtacha 3-4 tonna xomashѐ va 500-600 kg urug‘ yig‘ib olish mumkin bo‘ladi.

×