G‘arbiy Yevropa--Portugaliya, Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Avstriya, Vengriya, Yugoslaviya, Albaniya, Bolgariya kabi o‘lkalarida tarqalgan. Dengiz satxidan 1700m gacha bo‘lgan balandliklargacha tarqalgan.
Bir yillik, Veronika turkumiga mansub, Ildizlari ingichka, kalta. Poyasi uzunligi 20(25gacha)sm, oddiy yoki shoxlangan. Barglari butun , tuxumsimon yoki dumaloq, uzunligi 6-10mm, kengligi 3-6mm. Urug‘lari uyachalarda 7-8tadan bo‘lib joylashadi, urug‘larning yuzasi silliq, uzunligi 0,5 mm.
Veronika o‘simligi o‘sish uchun joy tanlamaydi. Ko‘pchilik uni suv bo‘ylariga ekishni tavsiya etadi. O‘simlikni quyoshli joyga ekish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Lekin o‘simlik sovuqqa bardoshli emas. Bu xolatni o‘simlikning bargi o‘zgarishidan xamsezish mumkin. Suvga talabchan. Yorug‘likka talabchan. O‘simlikni o‘stirish ko‘p mexnat talab etmaydi. O‘simlik urug‘lari yordamida xamda vegetativ usulda ko‘paytiriladi.