O‘simlik keng tarqalgan bo‘lib, cho‘l va yarim cho‘l tumanlaridan tashqari hamma yerda uchraydi. Qirkbo‘g‘im o‘simligi asosan, ariq buylarida, qumli o‘toqlarda, butalar orasida, o‘rmonlarda va ekinzorlarda o‘sadi. |
Dala qirqbo'g‘imi - Qirqbo‘g‘imdoshlar - Equisetaceae oilasiga kiradi. Dala qirqbo‘g‘ini ko‘p yillik, sporali o‘simlik. Ildiz poyasi uzun, bo‘g‘imli bo‘lib, undan yer ostiga karab ingichka qoramtir ildiz-lar, yer ustiga esa 2 xil poya o‘sib chiqadi. Ildiz-poyada zaxira oziq modda-lar to‘planadigan tuga-naklar bor. O‘simlik poyasi bahorgi va yozgi bo‘ladi. Bahorgi poya ji-garrang yoki qizg‘ish tusli, yumshok, bo‘yi 15-20 sm bo‘lib, spora hosil qiladi. Bu poya erta bahorda o‘sib chiqadi. Uning uchki qismida to‘g‘ri xalqa bo‘lib joy-lashgan spora barglardan tashkil topgan boshoqcha taraqqiy etadi. Spora barglar olti qirrali, bir-biriga zich yopishgan qalqonsimon bo‘lib, mar-kazidan chiqqan ingichka band orqali o‘zakka birikib turadi. Spora barglarining ostki tomonida xaltachasimon sporangiyalar taraqqiy etadi. Sporangiyalar ichida sporalar paydo bo‘ladi. Sporalar yetil-gandan so‘ng boshoq cho‘zi-ladi, natijada spora barglar ajralib ketadi, sporangiyalar yoriladi va ular ichidan chiqqan sporalar yerga sochiladi. Qulay yerga tushgan sporalar unib chikib, o‘simtaga, ya’ni qirqbo‘-g‘imning jinsiy nasliga - gametofitga aylanadi. O‘simtalar ikki uyli, bir jinsli bo‘lib, bir-inchisida faqat otalik jinsi organi anteridiya-lar, ikkinchisida esa onalik jinsiy organi – arxegoiyalar tarakkiy etadi. Otalangan arxego-niyaning tuxum xujay-rasi embrionga aylanadi, undan esa yosh kirqbo‘g‘im (jinssiz nasli) o‘sib chiqadi. Bahorgi poya sporalar yetilib va sochi-lib ketgandan keyin qurib qoladi. Yozgi poya yashil rangli, qattiq, to‘p-to‘p bo‘lib shoxlangan, bargsiz, bo‘yi 50-60 sm, spora hosil qilmaydi. Bu poya bahorda o‘sib chiqadi, kuzda qurib qoladi. |
Qirqbo‘g‘im preparatlari qon aylanishi yetishmovchiligida, siydik pufagi yallig‘-lanishida va siydik yo‘llari kasalligida siydik haydovchi vosita sifatida ishlatiladi. Bulardan tashqari, dala qirqbo‘g‘imi o‘pka sili kasalligining silikat kislota almashinuvining buzilishiga bog‘lik, ba’zi formalarini davolashda, shuningdek, bachadondan qon oqganda va bavosil kasalligida qon to‘xtatuvchi vosita sifatida xam qo‘llaniladi. Dala qirqbo‘g‘ini o‘simligi buyrakning ba’zi kas salliklarida (nefrit nefroz va nefrozo-nefrit).iste’mol qilinmaydi. Suyuq ekstrakt, kaynatma, damlama. Mahsulot yana siydik haydovchi choy - yig‘malar va edrenko yig‘masi tarkibiga kiradi. |
Dala qirqbo‘g‘imi ildizidan ko‘paytiriladi. Ochiq, yorug‘ yerlarda o‘simlik yaxshi rivojlanadi. Me’yorida suv berib turiladi, extiyojga qarab, nam tuproqlarga ekiladi. Kasallikka chidamli, o‘g‘itga talabchan emas. Ildizi bo‘lib ekiladi. O‘simlik tez o‘sib rivojlanadi. 20 yilgacha umr ko‘radi.