Shimoliy Amerika va Yevrosiyoning o‘rmon zonasida, kamroq Shim. yarim sharning tropik va subtropik tog‘larida tarqalgan. 100 ga yaqin turi ma’lum. Rossiyada yovvoyi holda 12 turi va introduksiyalangan 70 turi uchraydi. O‘zbekistonda Qarag‘ay yovvoyi hodda o‘smaydi.
Bo‘yi 15—20 (30) m gacha. Shoxshabbasi keng, uzun. Ignabarglari 8 — 15 sm, ingichka, qalami, to‘q yashil, qattiq, o‘tkir uchli. Qubbasi yirik, uz. 6—10 sm, eni 4—5 sm, tangachalari rombsimon, yaltiroq, qo‘ng‘irsarg‘ish.
Qarag‘ay issiqsevar, yorug‘sevar o‘simlik. 150—500 (600) yilgacha yashaydi. urug‘idan ko‘paytiriladi.