Oq karrakning vatani O‘rta Yer Dengizi, Pireney yarimoroli.Yer yuzi bo‘ylab va O‘rta Osiyoda Rossiyaning Yevropa qismining janubiy tomonlarida begona o‘t sifatida Kavkazda, G‘arbiy Sibirning janubiy tomonlarida uchraydi keng tarqalgan. Farmasevtika sanoatida yer ustki qismidan foydalaniladi.
Rostorobsha (oq karrak) turkumiga mansub, Astradoshlar oilasi vakili. Bir yillik( ma’daniy o‘simlik sifatida)yoki ikki yillik tikanli, bo‘yi 1-1,5mga yetadigan o‘simlik. Poyasi oddiy yoki shoxlangan,yalong‘och.Barglari ellipssimon, yirik(uzunligi 80smgacha)chekkasida sariq tikanlari bor. Gullari siyoxrang, pushti yoki oq, yakka soyabon to‘pgulga birlashgan. Iyul-avgust oylarida gullaydi.
Tibbiyotda urug‘laridan siqib olinadigan yog‘idan, spirt va suvli ekstraktidan, mevasidan olinadigan fitochoylaridan foydalaniladi. Dorivor xomashyo sifatida yetilgan mevalaridan foydalaniladi. Rostorobsha (oq karrak) preparatlari o‘t suyuqligi ishlab chiqarilishini yaxshilaydi. Va gipatoprotektor ta’sir ko‘rsatadi. Jigar, taloq, o‘t tosh kasalliklarida, sariq kasalligida, surunkali yo‘tal va boshqa kasalliklarda davo sifatida qo‘llaniladi.
Urug‘laridan ko‘paytiriladi. Urug‘larni ekish chuqurligi 2 sm qilib olinadi. Dastlabki maysalar 10-13kunda ko‘rina boshlaydi. Rostorobsha (oq karrak) urug‘lari mart oyining o‘rtalari yoki aprel oyining boshlarida ochiq maydonga ekiladi usti polietilen paket bilan yopiladi. Gullagandan 5-6 oydan so‘ng urug‘larini terib olsa bo‘ladi. O‘simlik ko‘chatlarini ko‘chirib o‘tkazilganda xam yashovchanligini saqlab qoladi. Ko‘chatlar oralig‘i 50smni tashkil etadi.