Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Area

Yo‘l yoqalarida, o‘tloqlarda, ekinzor-larda o‘sadi. Asosan Ukraina, Belorus, Moldova, Boltiq bo‘yi davlatlar, Rossiyaning Yevropa qismida, g‘arbiy Sibirda, Kav-kazda va O‘rta Osiyoda uchraydi.

Botanical description of the plant

Dorivor qashqarbeda (sariqbeda)- dukkakdoshlar - Fabaceae oilasiga kiradi. Ikki yillik, bo‘yi 50-100 sm ga (ba’zan 2 m ga) yetadigan o‘t o‘simlik. Ildizi sershox, o‘q ildiz. Poyasi bitta ѐki bir nech-ta, qirrali bo‘lib, yuqori qismi shoxlangan. Bargi uch plastinkali murakkab barg, poyada bandi bilan ketma-ket o‘rnashgan. Bargchasi teskari tuxum-simon, tuxumsimon ѐki cho‘ziq lansetsimon, tekis qirrali ѐki mayda arra-simon-tishsimon qirrali va tuksiz bo‘lib, uzunli-gi 3 sm. Bargda ingichka, tekis qirrali qo‘shimcha bargchalar bor. Gullari mayda, sariq, shingilga to‘plangan. Gulkosachasi yarmisigacha uchburchak lansetsimon shakldagi 5 bo‘lakka qirqilgan. Gultojisi kapalak gul-doshlarga xos tuzilgan. Otaligi 10 ta, shundan bittasi birlashmagan, qolganlari birlashgan. Onalik tuguni bir xona-li, yuqoriga joylashgan. Mevasi - tuxumsimon, ko‘ndalangiga burishgan, kulrang tusli, tuksiz, bir urug‘li dukkak.  Iyun -sentabr oylarida gullaydi, urug‘i esa avgust oyidan boshlab yetiladi.

Dorivor qashqarbeda

Medicinal properties

Mahsulotning dori-vor preparatlari yumshatuvchi dori sifatida yaralarni davolash uchun (yiringni so‘rib olishda) qo‘llaniladi. Dikumarol qonni ivitmaydigan ta’si-rga ega, u kumaringa nisbatan 1000 -5000 marta kuchli ta’sir qiladi. Shuning uchun dikumarol antikoa-gulyant (qon ivishga qarshi ta’sir etuvchi) preparat sifatida ishlatiladi. Mahsulotdan tayyorlangan malham. Mahsulot yumshatuvchi yig‘malar - choylar tarkibiga kiradi. Tibbiyotda dorivor qashqarbeda bilan bir qatorda bo‘ychan (baland bo‘yli) qash-qarbeda - Melilotus altissimus Thuill (bo‘yi 1,5 m keladigan ikki yillik o‘simlik bo‘lib, Sobiq Itti-foqning Janubi-g‘arbiy qismida va Oltoy o‘lkasida uchraydi) va xushbo‘y qashqarbeda- Melilotus suaveolens Ledeb. (dorivor qashqarbeda o‘sgan yerlarda uchraydi) o‘simliklari ham ishlatiladi.

 

Growing technology

Qashqarbeda dorivor o‘simliklar deh-qonchiligida ahamiyati katta. O‘zbekis-tonda tarqalgan barcha, tuproqlarda o‘saveradi. O‘simlik qurg‘oqchilikka, sovuqqa va sho‘rlanishga juda chidamli. Qashqarbeda dukkakli o‘simliklar oilasiga mansub bo‘lganligi uchun tup-roqni biologik azot bilan boyitadi. Sho‘rlangan tuproqlarga ekilganda sizot suvlarini pasaytiradi va sho‘r-lanish darajasini kamaytiradi. U asal beruvchi o‘simlik ham hisoblanadi. Qashqarbeda ikki yillik o‘simlik bo‘-lib, bo‘yi 75-200 sm ga yetadi. Qashqar-beda oziq-ovqatda va farmakologiyada dorivor o‘simlik sifatida foydala-niladi. Uning guli va mevasidan xushbo‘y kumarin moddasi olinadi. O‘simlikni ekish uchun yerlarni kuzda 25-28 sm chuqurlikda shudgor qilinadi va 50-60 kg superfosfat o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. Qashqarbedani kuzda ѐki erta bahorda urug‘idan ko‘payti-riladi. Uni har xil o‘simliklardan bo‘shagan yerlarda ekish mumkin. Davlat andozalariga sifati bo‘yicha to‘g‘ri keladigan urug‘lar ekiladi. Yerlarni boronalab, mola bilan tekislab urug‘i erta bahorda don ekadigan mashinada ekiladi, gektariga 20-25 kg urug‘ sarflanadi. Ekish chuqurligi 2-3 sm dan oshmasligi kerak. Ko‘pincha qashqar-beda qoplovchi ekinlar bilan qo‘shib ekiladi. Uning o‘suv davri 85-140 kun davom etadi. Bahorda ekilgan o‘simlik 5-6 kunda unib chiqadi. Shonalash davrida tez o‘sib, sutkalik o‘sishi 3-5 sm ga to‘g‘ri keladi. Erta bahorda o‘sishi boshlanadi. Gullash davri 14-15 kun davom etadi. Mevasi yetilganda to‘kiladi. Qashqarbedaga mineral azot ko‘p ishlatilmaydi, chunki o‘zi azot to‘playdi. Shuning uchun ko‘proq fos-forli va kaliyli o‘g‘itlar talab qili-nadi. Dastlabkirivojlanish davrida uning fosforga extiѐji katta. Bu davrda fosfor yetarli bo‘lsa, keyingi davrlarda ham u yaxshi rivojlanadi. Kaliyning ta’siri fosforga nisbatan kam bo‘ladi. Shu bois birgalikda qo‘l-lanilsa yaxshi natija beradi. Qashqar-beda ekilgan tuproqlarning turi, unumdorligi, mexanik tarkibiga qarab vegetatsiya davomida 90-110 kg fosfor va 50-60 kg kaliy qo‘llash tavsiya etila-di. Bu o‘g‘itlar organik o‘g‘itlarga qo‘-shib ѐki bir qismi ekishdan oldin va birinchi o‘rimdan keyin berilsa uning rivojlanishi tezlashadi va hosildor-ligi yuqori bo‘ladi. Tuproq tarkibida azot yetarli bo‘lmasa, uning unumdorli-gi past bo‘lsa, ekishdan oldin 40-50 kg azotli o‘g‘it solish tavsiya qilinadi. Qashqarbedani o‘sishi va rivojlani-shida mikro o‘g‘itlardan (molibden, bor va marganes) ham foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mikroo‘g‘itlar boshqa mineral o‘g‘itlarga va uruqqa aralashti-rilib solinadi. Qashqarbedani o‘g‘it-lash sug‘orishdan oldin amalga oshiri-lishi lozim.

×