Yevroosiyo, Skandinaviyadan to O‘rtaer dengizigacha va Britaniya orollaridan Sharqiy Sibir va Xindiston janubiy tomonlari, Afrikaning Shimoliy qismlarida uchratish mumkin. Rossiyaning Yevropa qismi, Kavkaz va Sibirda uchratish mumkin.
Ko‘p yillik yoki ikki yillik o‘simlik sifatida ekib o‘stiriladi. Poyasi to‘g‘ri, yashil, bo‘yi 15-150smgacha yetadigan o‘simlik. Murakkab guldoshlar oilasiga mansub o‘simlik.
Oddiy sachratqi o‘simligi O‘rta Osiyo Qozog‘iston hududida OIS si kasalligida, isitmalashda, yallig‘lanishda va chanqoqni qondiruvchi vosita sifatida keng ishlatilib kelingan. Sachratqi ildizida ko‘p miqdorda sikoriya glikozidi va inulin moddasi bor.
Urug‘lari yordamida ko‘paytiriladi. Yengil unumdor tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Urug‘lari chuqurligi 2,5sm qilib ekiladi, orasi 45sm dan 60smgacha masofa qoldiriladi. Urug‘lari tez rivojlanadi odatda 7kun, bo‘lmasa 10 kunda yer yuziga chiqadi. Odatda 1 qatorda 15ta o‘simlik qoldiriladi. Yovvoyi zararkunandalar sachratqi o‘simligini yeb o‘simlikka ziyon yetkazadi shuning uchun uni zararkunandalardan extiyot qilish kerak. Birinchi yili o‘simlik gullamaydi, fakat barg to‘plami shakllanadi lekin ildiz xomashyosini kuzda tayyorlash mumkin.