To‘mtoqbargli kassiya yovvoyi holda Afrikaning cho‘l va yarim cho‘l viloyatlarida (Sudan, Nubiya va Qizil deigiz bo‘yida) hamda Arabistonning janubida uchraydi. Bir yillik o‘simlik sifatida O‘rta Osiyo va Kavkazda o‘stiriladi. o‘tkir barg sano Iskandariya porti orqali chet elga chiqarilgani uchun u yana Afrika, Misr yoki Iskandariya sanosi deb xam yuritiladi.
To‘mtoqbargli kassiya Sealpiniyadoshlar - Caesalpiniaceae oilasiga kiradi. Har ikkala sano o‘simligi bo‘yi 1 m ga yetadigan yarim buta. Poyasi shoxlangan, pastki kismidagi shoxlari yerda sudralib o‘sadi. Bargi juft patli murakkab, 4-8 ta juft bargchalardan tashkil topgan bo‘lib, poyada bandi bilan ketma-ket o‘rnashgan. Gullari shingilga to‘plangan. Guli qiyshik, kosachabargi 5 ta, asos qismi birlashgan, tojbargi 5ta, birlashmagan, sariq, otaligi 10 ta, hammasi erkin holda, onalik tuguni bir xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi - yassi, yumaloq tuxumsimon, ba’zan biroz qayrilgan, yashil-jigarrang va ko‘p urug‘li dukkak. Urug‘i sariq yoki yashilroq, deyarli to‘rtburchaksimon, to‘rsimon burushgan, uzunligi 6-7 mm. Iyun oyining oxiridan boshlab, kuzgacha gullaydi. Mevasi sentabrdan boshlab yetiladi.
To‘mtoqbargli kassiya bargida 6,17% mevasida 2,70%, mevasida 6% gacha antrasen unumlarining yig‘indisi (sennozid A, gnnozid V, sennozid S, sennozid O, rein, aloy, emodin va boshkalar) bo‘ladi. Sano barglari tarkibida antrasendan tashqari, flavonoidlar hamda salitsilat va boshqa organik kislotalar va smolalar bor. Mevasi tarknbida smola bo‘lmaydi. Sano preparatlari surgi sifatida ishlamaydi. Barg tarkibidagi smolalar spirtda va qaynok suvda eriydi, bu smolalar ichakni og‘ritish xususiyatiga ega. Shuning uchun xam tayyorlangan damlamani sovitib, smola cho‘kkandan keyin filtrlash lozim. Ba’zan barg tarkibidagi smolani spirtda eritib olnb, keyin dori turlari tayyorlanadi. Dorivor preparatlari. Barg damlamasi, murakkab sano damlamasi (Vena ichimligi), quruq ekstrakt (tabletka shaklda chiqariladi), senadeksin, senade, glaksena, bargdan tayyorlangan poroshok - murakkab kizilmiya (chuchukmiya) poroshogi, sano bargi va mevasi murakkab preparat tarkibiga kiradi. Meva tarkibida smola bo‘lmagani uchun u ancha yumshok ta’sir ko‘rsatadi. Sano surgi sifatida ishlatiladigan va bavosil kasalligida qo‘llaniladigan choy - yig‘malar tarkibiga kiradi.
O‘simlik yorug‘sevar, ochiq va quyoshli yerlarda yaxshi o‘sib rivojlanadi. Issiq joylarda yaxshi rivojlanadi yuqori haroratga chidamli. O‘simlik normal rivojlanishi uchun eng harorat 7-9 0C dan kam bo‘lmasligi kerak. Urug‘lari yordamida ko‘paytiriladi. Urug‘lari bahorda ekiladi. Ozuqa sifatida organik o‘g‘itlardan foydalaniladi (1 m/kv 1-1,5 kg o‘g‘it ).