Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Area

Vatani O‘rta Yer Dengizi yoki Yaqin sharq.urug‘ olish maqsadida Janubiy yevropa, Kichik Osiyo, Meksika va Misrda yetishtiriladi. Madaniy o‘simlik sifatida Rossiyaning Voronej, Belgorod, Kursk viloyatlarida keng maydonda, Krasnodar o‘lkasida kichik maydonlarda ekib o‘stiriladi.

Botanical description of the plant

Bir yillik o‘t o‘simlik. Ildizi ingichka. Poyasi 60smgacha yetadi, to‘g‘ri, yuqori qismi shoxlangan. Gullari mayda, 5 a’zoli. Murakkab soyabonga to‘plangan. Mevasi kulrang-yashil 2 urug‘li , uzunligi 3-5mm. Mevasi xushbo‘y hidli. 1000ta urug'ning'irligi 2-3,6 gr keladi og. Avgust oyida hosilga kiradi.

Arpabodiyon

Medicinal properties

Dorivor o‘simlik sifatida mevasidan foydalaniladi. Quruq mevasi tarkibida 1,2-3,5% gacha efir moylari, 16-285gacha yog‘lar, 19% gacha oqsil moddalari, undan tashqari shakar va organik kislotalar saqlaydi. Anis o‘simligidan tayyorlangan preparatlar shamollashga qarshi, antiseptik, spazmolitik ta’sirga ega. Anis mevasi va uning preparatlari oshqozon-ichak larning sekretorlik funksiyasini kuchaytiradi. Sut bezlari sekresiyasini oshiradi va bachadonni stimullaydi.

Growing technology

Sovuqqa chidamli, shuning uchun Rossiyaning ko‘plab xududlarida yaxshi o‘sadi. Urug‘lari erta bahorda ekiladi. Urug‘larni vaqtida ekish hosilning yuqori bo‘lishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Judayam o'tgan harorat xam urug'larning sekin unishiga sabab bo'ladi. Vegetatsiya davri 120-140 kun davom etadi. O‘simlik urug‘lari albatta nam tuproqqa ekiladi. Urug‘larni unib chiqishi biroz vaqt talab etadi. Urug‘larni tez unib chiqishi uchun ularni 2kun davomida namlantiriladi. Bundanda yaxshi usuli urug‘larni 2 xafta davomida muzlatgichda saqlab so‘ngra ekish lozim.

×